Get Mystery Box with random crypto!

Azaldan bir gap bor! 'Tug‘ilish o‘limga qo‘yilgan birinchi q | Sanjar Sirojiddin//Kitob mutolasi

Azaldan bir gap bor!

"Tug‘ilish o‘limga qo‘yilgan birinchi qadam..."

Darvoqe har kuni qancha odam tug‘iladi, qancha odam foniylikdan abadiylikga ko‘chadi.
Hech kimsa yo‘qki bu dunyoga o‘z ixtiyori bilan kelgan bo‘lsa, va hech kimsa yo‘qki bu dunyodan o‘z ixtiyori bilan ketsa.
Tug‘ilish va o‘lim bu yolg‘iz Allohdandur.
Odamlar bor xuddi hech qachon o‘lmaydigandek yashaydi... afsuski
Hayron qolarlik emaski bugun bir tobutda yotgan bandaning janozasini o‘qishda qatnashoyotgan kishi, ertaga o‘zi shu tobutda yotsa. Tobut o‘sha-o‘sha faqat ichidagi odamlar o‘zgarib turibdi.

Ha har daqiqa bizni oxirat tomon yaqinlashtirmoqda.
Bugun bir janozaga duch keldim, 70 yoshga kirgan onaxon ekan (Alloh rahmat qilsin), ne dardki qancha odam tobutni ko‘rib bir titrab qo‘yish o‘rniga bir oz bo‘lsin e‘tibor bermaganlar ham bor.

Qabristonni aylanish bizga oxirat diyorini yodga soladi, qilayotgan yaxshi, yomon ishlarimizga e‘tiborli bo‘lishimizga, ortimizga, o‘tgan umrimizga bir nazar tashlashimizga sabab bo‘ladi, albatta bu qalbidan tavba ko‘tarilmagan insonda bo‘ladi agar siz qabriston oldidan o‘tib ham ko‘ksingizda bir narsa bir silkinib tushmasa, yoki ertaga siz ham shu tuproqda qorishib yotishingizni fikr qilmasangiz - do‘stim unda qalbingizni, ruhingizni isloh qiling.

Va har bir kuningizni boshlashingizdan avval xuddi bugun siz uchun so‘ngi kun bo‘lishi mumkinligini o‘ylab boshlang. Axir bilmaysizku bugun balki siz uchun chindan oxirgi kundur.
O‘zingizni ha deb takroriy qilmayman deb afsus chekayotgan gunohlaringizdan tiying - zero yaratgan joningizni shu gunohni ustida olib qo‘ysa nima qilasiz.

Ko‘nglingizga kelgan qilishni istagan yaxshi amalingizni ertaga yoki bir zum bo‘lsin nariga kechiktirmang - balki ertaga bu yaxshilikni qilish sizga nasib etmas.

Do'stim islomni o‘rganing, Allohning farz ammalarini bajarishni boshlang ‘‘besh vaqt namozni hali o'qiyman hozircha jumaga chiqib turay yoki faqat bomdodni o‘qib turay‘‘ demang - axir islom yagona najot.

Ehson qilishdan qo‘rmang - axir aytilganku olib qolganingiz emas ehson qilganingiz sizning haqqiy boyligingiz, balki bir necha soniyadan so`ng yoningizdagi pulni ishlatishga imkongiz ham bo‘lmas, ammo hozir bugun qilgan ehsoningiz bu qiyomat uchun sizga tayyor zahiraku.

Silai rahm qilishni kanda qilmang har kuni ota-onangizni va hech bo‘lmaganda bitta jigaringizni, aka-uka, opa-singil, xola, amma, tog‘a vahokozolarni hech bo‘lmasa bittasini telefonda bo‘lsa ham yo‘qlang, siz ham ular ham omonat axir.

Qazo va Qadarga imon keltiring, bo‘layotgan har bir ish Allohdan ekanligiga ishoning, bekorga bo‘larga-bo‘lmasga asabingizni buzavermang axir bo‘lgan ish shunday bo‘lishi kerak edi bo‘ldi, baxtiyorlikdan o‘zingizni yo‘qotmang, vaqt juda tez o‘tadi axir.

O‘tayotgan umringizni sarhisob qilib turing...

Sanjar Sirojiddin
9.07.2021

https://t.me/sanjar_sirojiddin