Get Mystery Box with random crypto!

#men_tugatgan_kitob 𝐀𝐥𝐞𝐤𝐬𝐚𝐧𝐝𝐫 𝐃𝐲𝐮𝐦𝐚 ~ 𝐈𝐟 𝐪𝐚𝐥'𝐚𝐬𝐢𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐦𝐚𝐡𝐛𝐮𝐬𝐢( | Incognito

#men_tugatgan_kitob

𝐀𝐥𝐞𝐤𝐬𝐚𝐧𝐝𝐫 𝐃𝐲𝐮𝐦𝐚 ~ 𝐈𝐟 𝐪𝐚𝐥'𝐚𝐬𝐢𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐦𝐚𝐡𝐛𝐮𝐬𝐢(𝐈𝐈 𝐪𝐢𝐬𝐦)

Aleksandr Dyumaning ushbu asari butun dunyo bo'yicha eng ko'p o'qilgan asarlar sirasiga kiradi. Shu bilan birga jahon adabiyotining asrlar osha yashab kelayotgan durdona asarlardan.


Asarimiz bosh qahramoni graf Monte Kristo barcha dushmanlaridan puxta tuzilgan rejasi asosida birma-bir qasos oladi. Xo'sh u nega bunchalik qasosga berilib ketdi?. Bu shunchaki oddiy o'ch olish emas edi. Axir uni dunyoda hammadan ko'p yaxshi ko'radigan go'zal rafiqasidan, mehribon otasidan, mavqeyidan, ozodligidan mahrum qilishdi. Biri mavqe uchun, biri sevgan qiziga ega bo'lish uchun unga tuhmat qildi. Otasi ochlikdan vafot etdi, hatto uning qabrini ham borib ziyorat qila olmaydi.Chunki u kutmagan insonlari tomonidan kutilmagan vaziyatda aldanishga, tuhmatga uchradi. U buning azobini 14 yillik qamoqda o'tadi. Qamoqdan esa metin iroda,olim,juda ko'p boylikka ega bo'lgan holda qutilib qoldi. Bu boyliklarni u dunyoda ezgulikni o'rnatish uchun sarflaganini ta'kidlaydi. U bu haqida shunday deydi:

"... menga in'om etilgan davlat, kuch-qudratdan o'zim uchun yoki be'mani hoy-u havas, ermak uchun foydalanganmaganim faqat uning o'ziga ayon. Azim shahar, tashvishlarga to'la bag'ringda istagan hamma narsamni topdim. Sabr - toqatli konchi singari, razillikni topib uloqtirish uchun bag'ringni ag'dar to'ntar qilib tashladim, ishim bitdi, murod maqsadimga yetdim".

Ha, u o'zini Xudoning yerdagi yovuzliklarni, adolatsizliklarni Yer yuzidan yo'qotish uchun yuborilgan vakili sifatida biladi. Shuningdek u ezguliklarni ulashuvchi ham. U do'sti Maksimilian uchun bor yo'g'ini ayamaydi; hatto otasi, suyukligi Valentinani va o'zini bevaqt o'limdan qutqarib qoladi.

Sevgi haqida faylasuflar ko'p gapirishgan, shoirlar she'rlar aytishgan. Bir kitobda "Qalbiga muhabbat kirmagan ayol, ishlov berilmagan yerga o'xshaydi", deyilgandi. Bizning Mersedes ham Dantesni sevardi, hatto "u o'ldi" deyilganda ham qalbida sevishni davom ettirdi. Yillar o'tsa ham hech kim tanimagan Dantesni faqatgina u tanidi. Bizning oqko'ngil Mersedesga hayot deb atalmish umrlar o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmadi; u o'zini endi sevilishga loyiq deb bilmasdi; uning jon-u jahoni endi uning faqatgini o'g'li. Onalar, butun dunyodagi onalarni birlashtirib turuvchi tuyg'u bu farzand(lar)i uchun o'zini qurbon qilishlikdan ham toymaslik bo'lsa ajab emas. Grafning esa yangi Mersedesi, yosh, husn-u malohatda tengsiz, aqlni rom etadigan Gaydesi bor endi...

#iqtibos

Yurakdagi jarohat ko'zga ko'rinmaydi, lekin u tinimsiz azob beradi, hammasidan yomoni shundaki, uni hech qanday muolaja bilan davolab bo'lmaydi.

Kutmoq va umid qilmoq kerak.


P.S Kitoblarimni raqamlab ketmasam adashib ketyapman. Bu 34-kitob. Undan oldin "Jinoyat va jazo", "Qalam o'ylari", "Raqamli qal'a"ni tugatdim. Kitob 700 bet

@mutafakkira