Get Mystery Box with random crypto!

Mazah qilishdan saqlanish… Mazah qilib o‘zgalarni kamsitish | Musulmonlar

Mazah qilishdan saqlanish…

Mazah qilib o‘zgalarni kamsitish odob-axloq qoidalariga zid amal ekanligi hammaga ma'lum.
Mo‘minlar xulqida mazah qilish illati yo‘qligini Alloh taolo quyidagi tarzda bildirgan:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لا يَسْخَرْ قَومٌ مِنْ قَوْمٍ عَسَى أَنْ يَكُونُوا خَيْرًا مِنْهُمْ وَلا نِسَاءٌ مِنْ
نِسَاءٍ عَسَى أَنْ يَكُنَّ خَيْرًا مِنْهُنَّ وَلا تَلْمِزُوا أَنْفُسَكُمْ وَلا تَنَابَزُوا بِالألْقَابِ بِئْسَ الاسْمُ
الْفُسُوقُ بَعْدَ الإيمَانِ وَمَنْ لَمْ يَتُبْ فَأُولَئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ

«Ey, imon keltirganlar, bir qavm ikkinchi bir qavmni masxara qilmasin. Ehtimol, ular bulardan yaxshidir. Shuningdek, ayollar ham bir-birlarini masxara qilmasin. Ehtimol, masxara qilinganlar masxara qiluvchilardan yaxshiroqdir. O‘zlaringizni ayblamanglar, bir-birlaringizga laqab to‘qimanglar. Iymonli bo‘lgandan so‘ng, fosiqlik ismlari qandoq ham yomon. Kim tavba qilmasa, unday kishilar zolimdur» («Hujurot», 11).

@Musulmonlar