Get Mystery Box with random crypto!

​​21-iyun… Bu kun bizning, Osmondagi 9 “A”, hayotida unutilma | Mustaqil Yurt Farzandi

​​21-iyun…

Bu kun bizning, Osmondagi 9 “A”, hayotida unutilmas kun bo’ldi. Sababi bugun biz maktab bilan “Xayrlashuv oqshomi”ni o’tkazdik. Hammasi yaxshi tashkillashtirilgan o’ylangan shartlar va planlar bilan o’tishi rejalashtirilgan joyda boshlovchi opa boshqa jartlar berdi, shunisi bilan ham qiziq bo’ldi.

Hammasi a’lo darajada o’tdi, 10 kunlik yugur-yugurlar bir kunda chiqib ketdi. 10 kun ichida qanchadan qancha asablar ketti . Lekin oxirida O’zi siyladi.

Menda shunda qadriyat bor, nimaga qo’l ursam, “халтура” bo’masligi kerak. Bugun ham o’ylaymanki, tashkillashtirilgan bayram “для галочки” bo’lmadi. Qilgan ishimdan maza qildim, shunchaki maza. Bu ta’mni siz xis qilolmaysiz, o’zing yaxshi ko’rgan ishni mazza qilib qilish, bu xar qanday muammoni unutishga sabab bo’ladi.

Sinfdoshlar bilan maza qildik. Shunchaki maza qildik. Bu atmosfera, vibeni sizga yetkizib berolmayman. Shunchaki maza)

Hamma hammaga, mehmon bo’lishgan aziz va qadrli Ustozlarimizga, mezbonlikni o’z qo’liga olgan Osmondagi 9 “A” a’zolariga, o’ziming cheksiz rahmatlarim. Doima shunday oqibatli bo’lib qolaylik. Oqibatimizga, do’stligimizga ko’z tegmasin, tarqalib ketmaylik.

So’zimning yakuni esa, Konsta’ning satrlari bilan tugatmoqchiman:

Ey,vaqt to’xtab tur maktabda,
Axir men unda do’stlikni topdim.

Osmondagi 9 “A” and 49-IDUM FOREVER

Hurmat bilan, Mustaqil Yurt Farzandi,
Shohruzbek Yuldoshiy


@mustaqilyurtfarzandi