Get Mystery Box with random crypto!

​​Men unday emasman  Biz dunyoni soddalashtirishni yaxshi ko’ | Mustafo's | Blog

​​Men unday emasman 

Biz dunyoni soddalashtirishni yaxshi ko’ramiz. Voqeani asl sababini bilmasak ham, bilamiz deb o’ylaymiz. Bu sabab, sabablar ichida bizga eng yoqadigani bo’ladi albatta. 

Tekshirish uchun biron odamdan o’zi yaxshi tushunmaydigan mavzu haqida fikrini so’rab ko’r. Juda kamchilik “bilmadim” deb javob beradi. 
--------

Biz ko’pincha divandan o’tirib dunyoni o’zgaritirib yuborish haqida o’ylaymiz. Lekin nazariyalar real hayot bilan to’qnashganda parcha - parcha bo’lib ketadi. Dunyo divandan o’tirib yechim izlaydigan darajada sodda emas. Nazariya -> Test qilib ko’rish -> Ishlaganini olib qolish. Real hayotda faqat shu ishlaydi. 

Shu sababli atrofini yaxshilayotganlar divandan turib berilgan taklif bilan cheklanib qolmaydi. Ular haqiqiy natija harakatlardan kelishini bilishadi. 
---------

Biz o’zimizni aqlli va ratsional deb hisoblaymiz. Shu sababli fikrimizga qarshi isbot chiqib qolganida, bu shaxsiyatimizga xujum sifatida ko’rinadi. Natijada xato fikrni ham qo’llashni boshlaymiz. Shunga moslab dalillar qidiramiz. 

Tekshirish uchun ijtimoiy tarmoqlarni kuzatish yetarli. U yerda deyarli hech kim o’z fikrini o’zgartirmaydi. Lekin hammaning fikri to’g’ri bo’lishi mumkin emas. 
-----

Eng qizig'i, postni o'qigach, ko'pchilik men unday emasman, lekin shunday odamni taniyman deb o'ylaydi. Lekin haqiqiy o'zgarish: "men ham shundayman, endi shuni yengish yo'lini izlashim kerak" degandan so'ng boshlanadi. 


Matthew Syed ning — Black Box thinking kitobini o’qib tugatdim 
azizrakhimov_blog
@mustafos_blog