Get Mystery Box with random crypto!

Fajr.uz Bismillahir Rohmanir Rohiym “Albatta mo’minlar og’a | Musnid Toha

Fajr.uz
Bismillahir Rohmanir Rohiym
“Albatta mo’minlar og’a inidirlar” deya marhamat qilgan Robbimiz Alloh taologa O’zining jaloliga munosib hamdu sanolar bo’lsin.
“Kishi do’stining dinida bo’ladi” – deya o’z hadisi shariflarida do’stlikning o’rni naqadar ulug’ ekanligi bizlarga o’rgatgan mahbub payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga bitmas tuganmas, go’zal salovaot va durudlar bo’lsin.
Din ilmlarini ummatga ta’lim bergan va ta’lim berib kelayotgan ulomolarimizga Alloh taoloning Rahmati va mag’firati bo’lsin.
Albatta islom mukammal dindir. Bu din insonlarga har bir sohada hamrohlik qiladi, oilaviy masalarda ham, moliyaviy masalalarda ham, ijtimoiy masalalrda ham, jismoniy masalarda ham barcha barcha sohalarda dinimizning o’ziga xos ko’rsatmalar mavjud. Islom ijtimoiy muammolarning eng to’g’ri va samarali yechimidir. Bunga tarixda juda ko’p bor guvoh bo’lindi.
Albatta bu ko’rsatmalarning barchasi jamiyatni isloh qilishlik, Alloh taoloning roziligini topishlik uchundir.
Islom dini insonlarni tarki dunyo qilishlikdan, odamlardan uzilib, jamiyatdan ajralib iloshlikdan qaytaradi. Balki, jmiyat bilan har bir jabhada doimo dinimiz ko’rsatmalariga amal qilgan holda birga bo’lishlikka chaqiradi. Islom dini insonga qanday qilib jamiyatning bir bo’lagi bo’lib yashashlikni o’rgatadi. Shu ma’noda islom insonlarni birdamlikka, totuvlikka va sulhga chaqiradi. Insonlar orasidagi mehr – muahbbat va do’stlik tuyg’ulari islom ta’limotaida yuksak baholanadi. Kishilarni o’zaro do’stona munosabatda bo’lishligi ayni islomiy g’oyadir. Ushbu kitob ana shu g’oyani yoritish maqsadida Alloh taolodan madad so’ragan holda bitilmoqda. Bu kitobdagi har qanday manfaat – Alloh taoloning fazlidir. Undagi xato va kamchiliklar bizning qusrimizdir, Alloh bizni avf etsin.
“Mening muvaffaqiyatim faqat Allohga bog’liq. Ungagina tavakkal qildim. Ungagina qaytaman”
Hud surasi 88-oyat.
https://t.me/MusnidToha