Get Mystery Box with random crypto!

Muslimbek Abdurahimov

Telegram kanalining logotibi muslimbek_abdurahimov — Muslimbek Abdurahimov M
Telegram kanalining logotibi muslimbek_abdurahimov — Muslimbek Abdurahimov
Kanal manzili: @muslimbek_abdurahimov
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.82K
Kanalning ta’rifi

Muhim yangiliklar va shaxsiy fikrlar blogi❗️
Zo'rtv telekanali Bukun informatsion dasturi boshlovchisi
Jurnalist...
👉 @Muslimbek_Aloqa_bot
👉 instagram.com/muslimbek__abdurahimov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-04-15 03:03:38
XAYRLI TONG!

Assalomu alaykum! Shanba tongi muborak bo‘lsin!

Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!

@Muslimbek_Abdurahimov
9.0K views00:03
Ochish/sharhlash
2023-04-15 01:35:16
"Siz saharlik qilish uchun o‘z xohishim bilan turdim deb gumon qilmoqdamisiz?!
Alloh sizni g‘ofillar va uxlayotganlar orasidan tanlab olib uyg‘otdi".


Tutayotgan Ro‘zalaringizni Alloh o‘z dargohida qabul qilsin

Ramazonning 24-kuni barchaga muborak bo‘lsin

@Muslimbek_Abdurahimov
10.8K views22:35
Ochish/sharhlash
2023-04-13 23:16:27
Bu yilgi Ramazon oyining to‘rtinchi Juma ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin!

Qutlug‘ Juma ayyomi barcha mo‘min musulmonlarga muborak bo‘lsin. Bu kunda barcha duo qiluvchilarning duolari ijobat bo‘lsin. Qalblarimizni O‘zining muhabbati bilan shod aylasin…

Yaqinlaringizni birinchi bo‘lib tabriklash esdan chiqmasin

@Muslimbek_Abdurahimov
9.4K views20:16
Ochish/sharhlash
2023-04-13 15:37:09 #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda kartadan kartaga (P2P) pul o‘tkazmalari uchun soliq joriy etilgani haqida xabarlar yuzasidan Soliq qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Jismoniy shaxslarning boshqa jismoniy shaxsdan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olgan pul shaklidagi daromadlari soliqqa tortilmaydi.


Soliq kodeksi 378-modda

Ya’ni, bir jismoniy shaxsdan boshqa jismoniy shaxsga pul o‘tkazish (P2P) operasiyalari soliqqa tortilmaydi

@Muslimbek_Abdurahimov
8.0K views12:37
Ochish/sharhlash
2023-04-13 14:12:52
"Bank siri xaqidagi qonunga tupurib qo‘yishgan. Endi soliqchilar siz haqingizdagi ma’lumotlarni biladi, saqlaydi va tahlil qiladi"

Bugun plastikdan plastikka pul o‘tkazish tizimiga bag‘ishlangan yig‘ilishda qatnashgan odam xabar bermoqda.

Endi odamlar naqd pullardan voz kechib, rivojlanish sari yurayotgan bir vaqtda... Bunday qarorlar chiqishi...

@Muslimbek_Abdurahimov
8.1K views11:12
Ochish/sharhlash
2023-04-13 11:18:11
Bu yildan boshlab kirish imtihonlarida maktabda to‘plangan yakuniy baholar hisobga olinadi.

Universitetga kirish ballariga 11 yillik o‘qishning oxirgi 6 yilidagi maktabni bitirganlik to‘g‘risidagi guvohnomadan olingan baholar qo‘shiladi.

Yillik baholar yig‘indisini fanlar soniga bo‘lish yo‘li bilan ball hisoblanadi. Ballar reyting tizimiga quyidagicha tarjima qilinadi:

• 86-100% - 5 ball;
• 71-85% - 4 ball;
• 56-70% - 3 ball;
• 56% gacha - 2 ball.


@Muslimbek_Abdurahimov
9.9K views08:18
Ochish/sharhlash
2023-04-13 09:08:37 Talabalarga 2-kursdan boshlab ishlashiga ruxsat berish rejalashtirilyapti

Talabalarga 2-kursdan boshlab OTM rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashiga ruxsat etilishi kutilyapti.

@Muslimbek_Abdurahimov
9.2K views06:08
Ochish/sharhlash
2023-04-12 10:58:31
#Tezkor
Endi O‘zbekistonda ko‘chaga tupurganlarga qamoq jazosi tayinlanadi

Endi jamoat joyiga tupurish 1 million so‘mgacha jarima yoki 5 sutkagacha qamoq bilan jazolanadi.

Inson tupurigida 500 dan ortiq patogen mikrob va bakteriyalar shtammi yashashi ilmiy jihatdan isbotlangan, ular quritgandan keyin ham yuqishi mumkin.

@Muslimbek_Abdurahimov
5.8K views07:58
Ochish/sharhlash
2023-04-11 16:32:44
#Diqqat #Tarqating
Endi turmush o‘rtog‘iga og‘ir tan jarohati yetkazganlar 12 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi

Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik uchun alohida ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilandi. Unga ko‘ra:

agar er yoki xotin turmush o‘rtog‘ini haqoratlab, qadr-qimmatini tahqirlasa, 6 mln so‘m jarimaga tortiladi

kaltaklab, og‘ir tan jarohati yetkazsa, 12 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi.


@Muslimbek_Abdurahimov
53.5K views13:32
Ochish/sharhlash
2023-04-11 13:41:17
Jahon banki O‘zbekistonga pensiya yoshini 65 yoshgacha oshirishni tavsiya qildi

O‘zbekiston ayollar uchun 55 yosh, erkaklar uchun 60 yosh pensiya yoshiga ega yagona sobiq ittifoq respublikasi bo‘lib qolmoqda.

«2025 yildan boshlab pensiya yoshini 65 yoshgacha oshirishni nazarda tutuvchi 2021-2030 yillarga mo‘ljallangan Milliy ijtimoiy himoya strategiyasi doirasida qaror qabul qilish eng yaxshi variant bo‘ladi», deyiladi JB hisobotida.

@Muslimbek_Abdurahimov
3.4K views10:41
Ochish/sharhlash