Get Mystery Box with random crypto!

“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi Rossiya mudofaa vazirligig | Muslimbek Abdurahimov

“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi Rossiya mudofaa vazirligiga qarshi. Asosiy maʼlumotlar:

Hammasi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) rahbari Yevgeniy Prigojinning bayonotidan so‘ng boshlandi. U Rossiya Mudofaa vazirligini “Vagner” jangchilari joylashgan lagerlarga zarba berishda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, zarba oqibatida ko‘plab “Vagner” jangchilari halok bo‘lgan. Shundan so‘ng Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligiga qarshi urush ochib, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va uning birinchi o‘rinbosari Valeriy Gerasimovni “Vagner”ga topshirishlarini talab qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi, Milliy antiterror qo‘mitasi va Federal xavfsizlik xizmati ketma-ket bayonotlari bilan chiqib, XHK tomon zarba berilgani haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytishdi. Prigojinga nisbatan davlat to’ntarishi ayblovi bilan jinoyat ishi qo’zg’atildi.

Voqealar fonida Rossiyaning turli viloyatlari, xususan poytaxt Moskva va uning viloyatida xavfsizlik choralari kuchaytirilib, barcha muhim obyektlar qo‘riqlanmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Prigojin qo‘l ostidagi “Vagner” XHK ayni paytda Rostov viloyatining katta qismini o‘z nazoratiga olgan. Xususan, yuqoridagi videodan ko’rinadiki, Prigojin Rostovdagi harbiy okrugda Rossiya mudofaa vaziri o’rinbosari Yevkurov va Bosh shtab boshlig’i o’rinbosari Alekseyev bilan gaplashgan hamda Shoygu va Gerasimov ularga topshirilmasa, Moskva tomon yurish qilishini bildirgan.
(Xushnudbek)

@Muslimbek_Abdurahimov