Get Mystery Box with random crypto!

RASMAN: RAMAZON HAYITI 2023 YIL 21 APREL KUNI NISHONLANADI | Muslimbek Abdurahimov

RASMAN: RAMAZON HAYITI 2023 YIL 21 APREL KUNI NISHONLANADI

O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun tuzilgan Ishchi guruhi xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astronomiya institutidan olgan ma’lumotlarga ko‘ra, 1444 hijriy yil Shavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) shu yil 20 aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir bo‘lgan (tug‘ilgan).

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini ta’limotlari va mazkur astranomik ma’lumotlarga asoslangan holda diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023 yil 21 aprel juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

@Muslimbek_Abdurahimov