Get Mystery Box with random crypto!

Navro‘z bayramida barcha o‘zbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam | Muslimbek Abdurahimov

Navro‘z bayramida barcha o‘zbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam oladimi

JAVOB: Yo‘q, barcha emas. Faqat 5 kunlik ish haftasidagilar ketma-ket 5 kun dam olishadi. Haftasiga 6 kun ishlaydiganlarga esa ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi.

Izoh:
“2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga asosan, Navro‘z bayrami munosabati bilan:

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 5 kun;
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 4 kun dam olishadi.

Bunda quyidagicha bo‘ladi:
18-mart, shanba — 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni;
19-mart, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni;
20-mart, dushanba — 5 kunliklar uchun 11-mart shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni, 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni;
21-mart, seshanba - Navro‘z bayrami, barchaga dam olish kuni;
22-mart, chorshanba — 5 kunliklar uchun 25-mart shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni, 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni.

23-mart, payshanba — barcha uchun ish kuni.

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari farmonga muvofiq ko‘chirilishi munosabati bilan 11- va 25-mart (shanba) kunlari ishga chiqadilar.

@Muslimbek_Abdurahimov