Get Mystery Box with random crypto!

Hayotning qiziqarli paradokslari haqida oʻqib qoldim. Siz bila | SIMA | Muslimbek Abdurakhimov

Hayotning qiziqarli paradokslari haqida oʻqib qoldim. Siz bilan ham boʻlishmoqchiman.

The failure paradox

Koʻproq muvaffaqiyatsizliklar, koʻproq muvaffaqiyatlarga boshlaydi. Har qanday magʻlubiyat siz uchun qandaydir tajriba vazifasini oʻtaydi. Demak, muvaqqiyatsizlikdan qoʻrqmaslik kerak. Shunchaki oʻrningizdan turing va davom eting.

The wisdom paradox
Qancha koʻp bilsangiz, shuncha kam bilishingizni anglab yetasiz. Oʻqib, oʻrganishdan toʻxtamang.

The boredom paradox
Eng kreativ, zoʻr gʻoyalar aynan zerikish payti keladi. Zerikish ijodkorlikni oshiradi. Haftada ma'lum vaqtni zerikishga ajrating)

The opportunity paradox
Kam imkoniyat, ba'zida koʻp imkoniyatlardan koʻra koʻproq muvaqqat olib keladi. Birgina imkoniyatdan toʻliq darajada foydalanishga harakat qiling.

Sizda qanday hayotiy paradoxlar bor?

@Muslimbek_01