Get Mystery Box with random crypto!

#kosmanavtcha_tabrik Barchangizga kirib kelayotgan 2023- yil | SIMA | Muslimbek Abdurakhimov

#kosmanavtcha_tabrik

Barchangizga kirib kelayotgan 2023- yil yorug'lik tezligiday omad va baxt, Broun harakatidek, to'xtovsiz quvonch olib kelsin. Faqat xonadoningizga ezgulik va yaxshilik impulsi hamroh bo'lsin. Yangi yilda xuddi molekulalar harakatidek tinimsiz mehnat qilishdan aslo charchamaylik. Obro'- e'tiboringiz xuddi Arximed kuchidek yuqoriga intilishdan to'xtamasin. Hayotimiz tekis harakatdek tekis va ravon o'tsin. Hech qachon egri chiziqli harakat qilmasdan yaxshi yashaylik.Qalbingiz foton yorug'ligidek toza va linza kabi shaffof bo'lsin. Yurtimiz har doim kamalak ranglaridek chiroy ochib, inersiya qonunidek tinch bo'lsin. Hech qachon yuklamadek og'ir emas, balki, vaznsizlikday yengil va ozod yuring.
Yangi yilingiz qutlug' bo'lsin! Oilangiz gravitatsion kuch bilan hamisha sizni tortib tursin.



@Until_MooN