Get Mystery Box with random crypto!

Qur’ondan 100 o‘git. 1. Qo‘pol, qalbi qattiq bo‘lmang. (3:159 | ᴍᴜsʟɪᴍᴀᴛᴜᴢʙ 🌸🌙| Uyda qoling!

Qur’ondan 100 o‘git.

1. Qo‘pol, qalbi qattiq bo‘lmang. (3:159)
2. Gʻazabni yuting. (3:134)
3. Boshqalarga yaxshilik qiling. (4:36)
4. Mutakkabir bo‘lmang. (7:13)
5. Kechirimli bo‘ling. (7:199)
6. Odamlarga yumshoq so‘z ayting. (20:44)
7. Ovozingizni pasaytiring. (31:19)
8. Boshqalarni masxara qilmang. (49:11)
9. Ota-onaga itoat qiling. (17:23)
10. Ularga “uff” demang. (17:23)
11. Ularning xonalariga ruxsat so‘ramasdan kirmang. (24:58)
12. Qarz oldi-berdi qilganda yozib qo‘ying. (2:282)
13. Hech kimga ko‘r-ko‘rona ergashib ketmang. (2:170)
14. Agar qarzdor tang ahvolda bo‘lsa, unga qo‘shimcha muddat bering. (2:280)
15. Ribo (sudxo‘rlik) qilmang! (2:275)
16. Pora bermang! (2:188)
17. Ahdingizni buzmang! (2:177)
18. Omonatni ado qiling! (2:283)
19. Haqni botilga aralashtirmang! (2:42)
20. Odamlar orasida adolat ila hukm qiling. (4:58)
21. Adolat uchun sobit turing. (4:135)
22. Vafot etgan insonning merosini haq ila taqsim qiling. (4:7)
23. Ayollarning ham merosdan haqqi bor. (4:7)