Get Mystery Box with random crypto!

​​​Muslima ayollarga tavsiyalardan: Doim tahoratli holda taom | Fi Qolbu 𝑺𝒂𝒎𝒊ي𝒂

​​​Muslima ayollarga tavsiyalardan: Doim tahoratli holda taom pishiring.

Tarbiya borasida eng birinchi narsa shuki, qachonki taom pishirsangiz, tahoratli holda pishirishga harakat qiling. Agar tahorat olish mushkil bo‘lsa, u holda hech bo‘lmaganda zikrlardan birortasini o‘qib pishiring. Tilingiz ila “Subhanalloh”ni o‘qib oling, “Alhamdu lillah”ni o‘qib oling, “Allohu akbar”ni o‘qib oling, “Laa ilaaha illalloh”ni o‘qib oling. Bu zikr lafzlarini ayol kishi har doim pok holatda ham, uzrli holatda ham o‘qiy oladi. Ma’lumki, ayolga uzrli holatda faqat Qur’oni karim va namoz o‘qish kabi ibodatlar man’ qilingan.Boshqa barcha turdagi zikrlarni tili ila o‘qiy oladi. Agar ayol kishi taom pishirayotib, Alloh ta’oloning zikrini qilsa, albatta, buning barakasi bo‘ladi. Agar pok kunlaringizda yod bilgan suralaringiz bo‘lsa, Qur’oni karim o‘qishdagi barakalar taomingizga nozil bo‘lishi uchun o‘sha suralarni o‘qing. Bu sahobiya ayollarning amalidir.

Bir sahobiya ayol roziyallohu anho o‘sha davrdagi tandirda non yopdilar. Nonlari pishib tayyor bo‘lganda, mening nonim ham pishib tayyor bo‘ldi va men shu orada uch pora Qur’oni karim ham o‘qishga ulgurdim deganlar. Ma’lum bo‘ladiki, qancha muddat non yopgan bo‘lsalar, tillari ila Qur’oni karimni ham o‘qiyverganlar. Bu sahobiya ayollarning sunnatidir. Siz ham buni odat qiling.

Men bir necha muddat oldin bir xonadonga borishimga to‘g‘ri keldi. Ular: Hazrat! Sizga taqdim qilinayotgan bu taom uyimizda pishirildi, uni tayyorlash mobaynida ayolim yigirma bir marotaba Yosin surasini to‘liq o‘qidi dedilar. Judayam xursand bo‘ldim, bugungi kunimizda ham soliha ayollarimiz ana shunday taom tayyorlayotib, tillaridan Qur’oni karim tilovati tushmaydi......Katta suralar yod bo‘lmasa, kichik suralarni yod bilsangiz, o‘shalarni ham o‘qiyvering. Ixlos surasini har bir musulmon yoddan biladi, shuni ham o‘qiyvering, shu ham kifoya qiladi. Agar uzrli holatda bo‘lib, suralarni o‘qiy olmasangiz, u holda Alloh ta’oloning zikrini qilib ta’omingizni pishiring, Cubhanalloh, Alhamdu lillah, Allohu akbar ushbu kalimalarni o‘qishlik juda osondir. Sahihi Buxoriydagi eng so‘ngi hadisi sharifda shunday deyiladi:

“Ikki kalima borki, Rohman (Alloh azza va jalla)ga eng mahbub, tilga eng yengil (o‘qish juda oson) va mezonda og‘ir keladi, (u ikki kalima) : “subhanallohi va bihamdih, subhanallohil a’ziym”dir.
Siz shu tarzda Qur’oni karimni tilovat qilib yoki zikr qilib taom pishirsangiz, u taomni eringiz yoki farzandingiz yesa, ularning qalbida ibodat va yaxshi ishlarga rag‘bat paydo bo‘ladi. Gunoh ishlardan esa nafrat paydo bo‘ladi.Biz yegan taomimiz, tanamizga go‘sht bo‘lib o‘sadi. Agar taom Alloh ta’oloning zikri ila pishirilgan bo‘lsa, u taom sababibdan o‘sgan tanamizdagi go‘shtda Alloh ta’oloning muhabbati singib ketgan bo‘ladi.


@Muslimam1904