Get Mystery Box with random crypto!

Bolani tarbiyalash borasida ko'plab yo'nalishlar mavjud. Korey | Muslima ona kundaligi

Bolani tarbiyalash borasida ko'plab yo'nalishlar mavjud. Koreyalik mashxur bolalar va o'smirinlar psixologi Lee Guan Jun bolani tarbiyalash borasidagi maslahatlari.
Psixologning ta'kidlashicha, bolani to'g'ri tarbiyalash uchun quyidagi tamoyillarga amal qilish lozim:

1. Bola gapirayotganida uning gapini bo'lmang.
2. Bolaga doim "iliq" nigoh bilan qarang.
3. Birovlarni oldida bolani tarbiyalamang, kamsitmang. Aytadigan gapingiz bo'lsa, alohida olib o'ziga gapiring.
4. Bolani urmang!
5. Bolaning o'rniga ishini qilib bermang. Undan ko'ra ishini o'zi eplay olishiga ishoning va bunda uni qanoatlantiring.
6. Odob-ahloqqa o'rgating.
7. Hech qachon bolaga bajara olmaydigan va'da bermang.
8. Bolani uyaltirmang. Uyaltiradigan ish qilib qo'ysa, bunga hadeb urg'u beravermang.
9. Bolani asabi buzilsa, jahli chiqsa qo'shilib asabiylashmang. U tinchlanishi uchun avallo siz tinch bo'lishingiz kerak.
10. Otalar bola bilan o'tkazgan vaqtingizni miqdoridan ko'ra sifatini ko'paytirishga ahamiyat bering.

@Muslima_ona_kundaligi