Get Mystery Box with random crypto!

HAR NARSANI TAQIQLAVERMANG . Bola hayotida taqiqlar koʻp boʻl | Muslima ona kundaligi

HAR NARSANI TAQIQLAVERMANG . Bola hayotida taqiqlar koʻp boʻlsa borib borib hayotga boʻlgan qiziqishi pasayib ketadi. Yoki aksincha taqiqlaganingiz sari sizga qastma qast qilib aksini qilishga harakat qiladigan boʻlib qoladi

BERAYOTGAN TALABINGIZ YOKI ILTMOSINGIZ ANIQ VA LOʻNDA BOʻLSIN . Agar undan nimadir qilishini soʻrasangiz buni loʻnda va tushunarli qilib bolani koʻzlariga qarab ayting. Shunda bolangiz aytgan vazifangizni aniq qilib bajaradi va shunga oʻrganadi

BOLANGIZ OLDIDA OʻZ OBROYINGIZNI TUSHURMANG . Bolangizga sakrama oygʻini qayrib olasan, osilma yiqilasan, issiq kuyasan degan mazmunda gaplarni gapirasiz. Bolangiz esa shu ishlarni qilib koʻrganda yiqilmasligi oyogʻi qayrilmasligi yoki hech qanday zarar yetmaganligini koʻradi. Uni nazarida "onam bilmaydi mana hech nima boʻlmadiku" degan fikr tugʻulishi mumkin. Bu hol davom etsa borib borib fatzandingiz sizga quloq solmay qoʻyadi. Bunday boʻlishiga yoʻl qoʻymang

UNGA OʻZINGIZ OʻRNAK BOʻLING bolalar ota onalari koʻzgusi hisoblanadi. Agar bolangiz tarbiyali, har biri ishi saranjom boʻlishini hohlasangiz oʻzingiz ham shunday boʻling. Qush uyasida koʻrganini qiladi deb bekorga aytishmagan

YEGʻLAB HARHASHA QILAYOTGAN VAQITDA ERKALAMANG . Bolangizda hudbinlik yuzaga kelishi mumkin. Yegʻlayotgan paytda boshqa narsalar bilan ovuting. Erkalashni esa u biron bir yumushni koʻngildagidek bajarganda maqtov bilan birga amalga oshirish uchun olib qoʻying

YAHSHI KOʻRISHINGIZNI, U BILAN FAHRLANISHINGIZNI AYTISHNI KANDA QILMANG . Bola oʻzini qanchalik sevimli ekanini his etsa oʻziga boʻlgan ishonchi shuncha oshadi. Kichik kichik yutuqlarini maqtang. Bu uni kelajakda olgʻa intilishga undaydi

U SIZ UCHUN KERAKLIGINI HIS QILSIN . Arzimagan yumushungizni bajarsa ham rahmat ayting "yaxshiyamki san borsan", "borligin uchun rahmat" degan soʻzlarni tez tez aytib turing

BOSHQA BOLALAR BILAN ASLO QIYOSLAMANG . Boshqa bolalar bilan qiyoslash uni ruhiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi va oʻz "men" nini oʻldirishi mumkin

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@metrikafoto
@love_ifor