Get Mystery Box with random crypto!

Nega akalar ukalariga mehrsiz? Qayerdan bunday ziddiyatlar pay | Muslima ona kundaligi

Nega akalar ukalariga mehrsiz? Qayerdan bunday ziddiyatlar paydo bo'lyapti?

Inson bolasi hech qachon 1 narsaga ya'ni mehrga to'ymaydi.
Yoshining ahamiyati yo'q.

Demak,eng avvalo bo'lajak akani go'dakligidan boshlasak.
Go'dak tug'iladi, hamma uni yaxshi ko'radi, ko'ngliga qarashadi. Xullas hamma diqqat e'tibor unga qaratiladi.Tasavvur qiling 5 yoshli bolaning ko'ngli qanday bo'lishini.

Va bir uka tug'iladiyu, uning peshonasiga akalik degan butun umrini qisman ota-ona mehridan mahrum qiladigan tamg'a qo'yiladi. Unga qaratilgan barcha e'tibor endi, ukaga tegishli.
"BOLALIGIM PODSHOLIGIM"degan maqolga chek qo'yiladi.Taxtga boshqa shox o'tirdi. Endi aka, "Shox" ukaning qilgan aybi uchun ham gap eshitadi, bora-bora ukadan nafratlanishni boshladi.

Mehrga to'ymagan aka nafaqat ukadan,balki jamiyatdan ham umuman barchadan nafratlana boshlaydi. Ana undan keyin sizu-biz hozirda ko'rib turgan oqibatlar vujudga keladi.

Farzandlarimizga mehr va e'tiborni teng beraylik

@Muslima_ona_kundaligi