Get Mystery Box with random crypto!

OʻGʻIL Oʻgʻil oʻsib otasiga tayanch boʻlar, Onasiga jon bagʻi | Muslima ona kundaligi

OʻGʻIL

Oʻgʻil oʻsib otasiga tayanch boʻlar,
Onasiga jon bagʻishlab suyanch boʻlar.
Aka-uka, opa-singil madadkori,
Boshiga gʻam kelsa, tirgak, yupanch boʻlar.

Oʻgʻil bosar otasining izlarini,
Davom qilib nasl, oʻgʻil-qizlarini.
Ota-ona tarbiyada adashmasa,
Yaxshi farzand yorugʻ qilar yuzlarini.

Ota-ona qariganda aso oʻgʻil,
Faxr berar dono, aqli raso oʻgʻil.
Dunyoga nafs qoʻymay, qilar eng avvalo
Buzrukvor-u volidasin rizo, oʻgʻil.

Bolam boʻlsin, moʻmin, qalbi pok, deganlar
Yuragiga Haq ishqini joylasinlar.
Dunyo ishin chetga surib, baridan koʻp
Farzandining saodatin oʻylasinlar.

Ozoda HABIBULLAYEVA

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@metrikafoto
@love_ifor