Get Mystery Box with random crypto!

​​FARZANDINGIZ XULQI SIZ XOHLAGANDEK BO'LMASA!!! | Muslima ona kundaligi

​​FARZANDINGIZ XULQI SIZ XOHLAGANDEK BO'LMASA!!!

Avvalo, sizning aytgan hech bir so'zingiz, hech bir jazo turi bolaning shaxsiyatini kamsitmasligi kerak.

Bolani uradigan ota-onalarning xatolari shundan iboratki, ular bolani ularga bo'ysunganini ko'radilar va natijani to'g'ri deb hisoblaganlari tufayli shunday yo'l tutishda davom etadilar.

Lekin bola tarbiyasidagi chuqur va yashirin ziyon keltirayotganlarini hayollariga ham keltirmaydilar, chunki bola katta bo'lgani sari uning sog'ligiga, uning fe'l-atvoriga ta'sir o'kazayotganliklari haqida bir zum ham o'ylamaydilar.

Bola ruhiy kamchilikka, turli nosoz ko'rinishdagi xulqqa yoki shaxsiyatning singanligi bilan namoyon bo'lishi haqida fikr yuritish kerak deb hisoblaymiz. Bola yolg'onchi, ayyor va badjahl bo'lib ulg'ayishi mumkin.

Uni urgandan ko'ra u nima sababdan ota-onaga quloq solmayapti, buning sababi nimada, degan savollarga javob izlab, uning yechimini tinch yo'l bilan hal etish yo'llarini, ota-onalarning o'z xulqlarini avval kuzatgan holda, so'ng bolani emas, balki o'zlarini jazolash kerakdir degan savollarga javob izlashlari kerak.

Bolalarga bo'lgan mehr-muhabbat, har bir yoshda bo'ladigan o'ziga xos taraflarni hisobga olib ish tutsangiz, kattalarning bolalarga bo'lgan tarbiyaviy ta'sirini oshiradi va siz farzandingizning katta qilishda a'lo natijalarga erishingiz aniq. Bolaga jismoniy kuch ishlatib, uni urish hech qanday ijobiy natijalarni olib kelmaydi, aksincha u bolada salbiy xulq-atvorni rivojlantiradi. Bola yolg'onchi, qo'rqoq yoki qaysar bo'lib ulg'ayadi.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@metrikafoto
@love_ifor