Get Mystery Box with random crypto!

KELING,BAQUVVAT ONA BO'LAYLIK Doim shikoyat qiladigan,' oh men | Muslima ona kundaligi

KELING,BAQUVVAT ONA BO'LAYLIK
Doim shikoyat qiladigan," oh mening qo'lim" "voy oyog'im"deb zorlanadigan odamlar yonlarida bo'lgan insonlarning quvvatini o'zlashtiradilar.Atrofdagilarning kayfiyatini tushiradilar va odamning ish qilishga bo'lgan ishtiyoqini so'ndiradilar.
G'ayrati jo'sh urib turgan,yoniga kelgan qo'lidan ushlab,tabassum qilgan onani tasavvur qiling.U bog'chada sayr qilayotib, yerga tushgan barglarni farzandi bilan birga terb oladi,qishda birgalikda qorbo'ron oynaydi,yozda suv bo'yida bolasining o'ynini kuzatadi. Bu ona farzandiga biror ish buyursa,farzandi aslo malollanmaydi. Farzandiga o'zidagi shijoatni singdira oladi. O'zi yumushlarini bajarish jarayonida unga na'muna bo'ladi.Doim tushkun kayfiyatda bo'ladigan,oh-voh qilib yuradigan onaning farzandidan ish talab qilishi esa, malolli bo'ladi. Chunki tushkun kayfiyatdagi onaning bolasi tez-tez:"Onajon, men charchadim, xonamni o'zingiz yig'ib qo'ying, bu ishlarni qilishni xohlamayman"degan gaplarni takrorlaydi.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor