Get Mystery Box with random crypto!

Ey ko‘zlari-Qur’on tavof etganlar, Shu kunni orziqib, intiq | Mushukcham P.k :) 🦋

Ey ko‘zlari-Qur’on tavof etganlar,
Shu kunni orziqib, intiq kutganlar,
Qatordan kam bo‘lmay, safdan to‘kilmay,
Rizqlari qo‘shilib, iydga yetganlar!
Ayyom muborak!

Kaftingizni oching, duo- onidir!
Niyatlar ushlasa, baxt zamonidir,
Yomon-yomonligin o‘ziga qilar,
Yaxshining-yaxshilik ahd-paymonidir!
Ayyom muborak!

Duo qiling: qadr ko‘rsin- har ayol!
O‘tmasin dunyodan baxtga umidvor,
Har erkak omadin payida yursin,
Va yigit yoshida bo‘lmasin zavol!
Ayyom muborak!

Faqirning ne’mati, boyning himmati,
Olimlarning ilmi-ziyoda bo‘lsin!
Har uyda ochilsin mo‘minning kafti,
Masjidlarda azon jaranglab tursin!
Ayyom muborak!

ARAFA kuni muborak bo‘lsin!


@Mushuklove | Do'stlarga ulashing.