Get Mystery Box with random crypto!

Tavhid ilmi nima uchun kerak? Hozirgi kunda koʻpchilik din ol | .

Tavhid ilmi nima uchun kerak?

Hozirgi kunda koʻpchilik din oldida aylanib yuripti, xali ham namozdagi sunnatlar, taxorat, ota-onaga yaxshi munosabat, odob-axloq va hokazolar.

Dinning asosi boʻlmish tavhid haqida gapirilmaydi.

Aynan shu bilan amallar maqbul boʻladi, aynan shu bilan inson yo Jannatga, yo Jahannamga kiradi.

Xatto Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Makkada 10-yil Tavhidga chaqirdilar, namozga emas, odob-axloqqa emas, roʻza yo xajga emas.

Bu nima degani?

Asos - Tavhid.

Usiz Islom ham yoʻq, barcha paygʻambarlar aynan shu uchun yuborilgan, aynan shunga chaqirishgan.

Nega bugun «Laa ilaaha illalloh» deyuvchilar ham kufr bayramlarini qilmoqda? Kerak boʻlsa 5 mahal namoz oʻqib, roʻza tutuvchilar ham shu bayramni qilishmoqda?
Chunki ular Tavhidni bilishmaydi, chunki ularda Tavhid yoʻq.

Mana nima uchun bizga Tavhid ilmi kerak, bizga Tavhid yashashimiz uchun kerak.

Biz Tavhidga havodanda koʻproq muxtojmiz.

Qalbida zarracha boʻlsa ham tavhid boʻlsa, odam Jahannamdan chiqadi biiznillah.
Biroq bir odam boʻlsinki, butun umri ibodatda oʻtsin, u obid boʻlsin, lekin qalbida zarracha shirk bormi, unga jannat haromdir.

Alloh Subhanahu va Taʼala barcha gunohlarni magʻfirat qiladi, illo shirkni emas.

Tavhid, Tavhid va yana Tavhid.

Tavhidni oʻrganishga shoshiling!

@musannif_uz | Ibratli sahifa