Get Mystery Box with random crypto!

Alhamdulillah! Alhamdulillah! Alhamdulillah! Bugun Allohning | Mursalat - Qur'on kanali

Alhamdulillah! Alhamdulillah! Alhamdulillah!

Bugun Allohning izni bilan 30-porani ham oʻqib, Qur’oni Karim xatmonasini oxiriga yetkazib oldik!

Bu muborak oy davomida qilgan ibodatlarimiz, zikrlarimiz, oʻqilgan ushbu Xatmi Qur’onni Alloh qabul qilsin! Xato-nuqsonlarimizni oʻzi kechirsin!

Alloh barchamizga kalomi tilovati uchun va’da qilingan ulkan savoblarni yozib qoʻygan boʻlsin, bu ajrlardan oʻtgan ota-onalarimiz, yaqinlarimizning ruhlariga ham yetkazsin!

Bizdan va avlodlarimizdan to qiyomat Allohning kalomini oʻqiydiganlar, yodlaydiganlar, unga amal qiladiganlarni chiqarsin!

Xatmonada qatnashgan barcha-barchaga katta rahmat! Barchamizdan Alloh rozi boʻlsin!

@Mursalat_uz - Qur'on kanali