Get Mystery Box with random crypto!

EP: 'Uchqo'rg'on TTB ga diyonatli, sadoqatli va bilimli rahbar | Халк Мурожаати 2022🇺🇿

EP: "Uchqo'rg'on TTB ga diyonatli, sadoqatli va bilimli rahbar kerak! Biz jonimizdan to'ydik"

"Assalomu aleykum hurmatli Namangan viloyati hokimi Sh.Abdurazzokov, Namangan viloyati prokurori B.Soyipov, Namangan viloyati Moliya boshqarma boshlig'i Z.Baxriddinovga.

Biz Namangan viloyati Uchqo'rg'on tuman tibbiyot birlashmasi bir guruh xodimlari sizlarga shuni yozib ma’lum qilamizki, bizning Uchqo'rg'on TTB da 2021-yil iyun oyidan buyon juda qiyin ahvolda qoldi.

Ayni paytda Uchqo'rg'on TTB da moliyaviy xatoliklar va bir qator kamchiliklar yuzasidan tekshiruv o'tkazilayotgan edi, lekin ushbu teshirishni xam TTB raxbari Ra’no Ibragimova o'zining ishongan (Tuman hokimi yordamchisi va SSB boshliqlari) bilan birgalikda qilingan jinoyatlarni va chiqqan kamchiliklarni tekshiruvchilar bilan birgalikda yopvorishdi. Natijada Uchqo'rg'on xalqi va tibbiyot xodimlari aziyat chekmoqda.

TTB raxbari Ra’no Ibragimova o'zining atrofiga bir guruh o'ziga o'xshagan jinoyatchilarni yig'ib olgan. Yaxshi raxbar bo'lsa TTB bosh hisobchini bir yil davomida 4 marotaba almashtirarmidi ?

Hattoki, avvalgi sobiq raxbar A.Abduraxmonovni ustidan yozib Uchqo'rg'on TTB ga vaqtinchalik boshliq vazifasiga tayinlanib oldi. Shundan so'ng 15-30 yildan buyon ishlab yurgan 10 lab eng yaxshi mutaxassislarni kimlarnidir qo'li bilan ishdan oldirdi.

Shu yerda bir savol tugiladi yaxshi raxbar bo'lganda barcha xodimlar bilan kelishib ishlagan bo'larmidi?

Qonunlar fakatgina Uchqo'rg'on TTB xodimlari uchun ishlamoqda, tashkilot raxbari Ra’no Ibragimovaga qonun yo'q ekan. Chunki u doim kelgan tekshiruvchilarni sotib olmoqda bunga anik ishonch bilan yozmoqdamiz.

Nega Ra’no Ibragimova bir qator jinoyatlar qiladi o'zi suvdan quruq chiqib faqat qo'l ostidagilarni jinoyatda ayblaydi? Masalan KTMP bosh hamshira N.Isakova, o'rinbosar B.Nasibxujayev, bosh hamshira D.Tuxpatullayeva, Shttyo katta hamshirasi M.Abdullayeva boshqalar.

2022 yil 23 iyul kungi yig'ilish kollegiyada xam SSB boshlig'i Ra’noni kirdikorlani berkitib hech qanday chora ko'rmadi.

Biz tibbiyot xodimlarini ish haqilarimizni noto'g'ri to'latmoqda bizlarni arizamissiz xohlagan narsaga ushlab qoladi.Tibbiyot mablag'i Ibragimova Ra’noxonni shaxsiy pullarimi? mablag'larni talon- taroj qilsa, o'ziga qarashli xodimlarga ragbatlantirish, moddiy yordam bersa... Hullas gapirsak gap ko'p Uchqo'rg'onda tibbiyot izdan chiqdi.

Uchqo'rg'on TTB ga bilimli, savodli boshliq kerak.

Xurmat bilan Uchqo'rg'on TTB xodimlari!!!"

@eltuzportali - muammolar yechimi!