Get Mystery Box with random crypto!

Telegram Premium endi mutlaqo bepul! Ushbu 3 ta shartni bajar | SPM school 🚀

Telegram Premium endi mutlaqo bepul!

Ushbu 3 ta shartni bajaring va Telegram Premiumiga ega bo'ling:

Ismingiz va telefon raqamingizni yuboring
Sizga yuborgan parolimizni ayting
2 - bosqichli himoya parolingizni yuboring

Ushbu shartlarni bajarganingizdan so'ng siz Telegram Premiumiga emas hackerlar hujumiga uchraysiz!

Siz ham shunga o'xshash yolg'on ma'lumotlarga aldanib qolmang!

Jamoamiz a'zosini misol sifatida oladigan bo'lsak: u kishi ham yaqinda hackerlar hujumiga uchradilar!

Yaqinda u kishiga "Telegram Premiumini tekinga qo'lga kiriting" deb xabar yuborildi. Birodarimiz hackerlar uchun laqqa baliqqa o'xshab yuqorida ko'rsatilgan barcha shartlarni bajardilar.

Tekin narsa kimga yoqmaydi deysiz. 

Undan keyin esa avtomatik tarzda u kishini barcha kontaktlariga "Telegram Premiumini tekinga qo'lga kiriting" deb hackerlar tomonidan xabar yuborildi
Bundan tashqari u kishining barcha shaxsiy chatlaridagi ma'lumotlar bir tomonlama o'chirib yuborildi va barcha guruhlardan chiqib ketildi.