"ICPC" dasturlash boʻyicha chempionat!
27-noyabr kuni O‘zbekistonda "ICPC" dasturlash chempionatining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tadi.
"ICPC" (International Collegiate Programming Contest) – bu algoritmik dasturlash boʻyicha xalqaro chempionat boʻlib, unda har yili sayyoramizning eng zoʻr aql sohiblari bellashadi.
Chempionat missiyasi – turli universitetlar talabalari o‘rtasida muloqot qilish imkoniyatlarini yaratish va akademik doiralar hamda IT sohasidagilarning e’tiborini dasturlash bo‘yicha mutaxassislarning yangi avlodiga jalb qilishdan iborat.
"
ICPC"
chempionatining Respublika bosqichi “IT Park Cup” shiori ostida o‘tkaziladi. Tadbir o‘tkazishning eksklyuziv huquqini
"IT Park University" oldi. Chempionat
"IT Park" va
"UIC Group" tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.
G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar. Shuningdek, ular
"ICPC" chempionatining keyingi bosqichi uchun tanlanadilar.
Chempionatda "ICPC" reglamentiga muvofiq faqat OTM talabalari qatnashishi mumkin.
Mintaqaviy bosqichga quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin: https://icpc.global/private/teamRegistration
Telegram guruhi: https://t.me/+XX9oqjfG8eo2YTRi