Get Mystery Box with random crypto!

Mumtoz fizika ( Rishton)

Telegram kanalining logotibi mumtozfizika — Mumtoz fizika ( Rishton) M
Telegram kanalining logotibi mumtozfizika — Mumtoz fizika ( Rishton)
Kanal manzili: @mumtozfizika
Toifalar: Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 303

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2023-02-24 06:29:11 Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz aʼzolari. Juma muborak!!!
30 viewsMo'ydinjon Ro'zaliyev, 03:29
Ochish/sharhlash
2023-02-22 17:16:37 Fizika va kimyo fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2-aprel kuni o‘tkaziladi

2023-yil 23-fevral kuni fizika va kimyo fanlaridan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlanadi.

Ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi va 8-mart (to‘lov qilish 9-mart) kuniga qadar davom etadi.

Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida test topshirish tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) va test topshirish hududini tanlashlari mumkin.

Ushbu fanlardan test sinovlari 2023-yil 2-aprel (yakshanba) kuni o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda tashkil etiladi.
43 viewsMo'ydinjon Ro'zaliyev, 14:16
Ochish/sharhlash
2023-02-22 14:20:27
Ҳар куни мактабдан чиққанида қабристонга кетган ва уй вазифаларини онасининг қабри устида қилган Ғазодаги етим бир бола.

"Яхши бола бўлсам, онам тинч ётади" деб ўйлаган қалби меҳрга тўла етим жигарим...

Бизнинг фарзандлар эса тинч юртда кенг шароитларда онасининг олдида дарс қилмаса, нима қилиш керак ҳайронман...

Оналар ҳам телефонда ёки телеграмда ғийбатдан бўшамас экан, ўз фарзандларининг душманлари бўлиб қолаверадилар.

Бугун бизнинг инжиқликларимиз, қайсарликларимиз ҳаммаси тинчлик ва тўқликдан. Фаластин ёки Суриядек ўқ-бомбалар остида яшаганимизда, фикрлашимиз ҳам бошқача бўларди.

Тафаккур қилиш ўзингизга ҳавола, дўстлар.
51 viewsMo'ydinjon Ro'zaliyev, 11:20
Ochish/sharhlash
2023-02-22 13:36:31 Nils Bor
Endigina PhD darajasini qo‘lga kiritgan yosh olim Nils Bor 1911-yilning sentabrida Kopengagendan Kembrijga yetib keldi. U o‘zining Kembrijdagi malaka oshirish jarayonini mashhur olim, elektronni kashf qilgan fizik J.J. Tomson rahbarligi ostida boshlagan. Lekin, Bor va Tomsonlarning munosabatlari birinchi uchrashuvdanoq
unchalik ham yaxshi chiqishmadi. Sababi, Bor Tomsonning ishlaridan biridagi xatoni ko‘rsatib bergan ekan. Tabiiyki, o‘zini juda nufuzli olim deb hisoblovchi Tomsonga yosh shogirdning bunday ko‘rsatmasi yoqmagan. Biroz vaqt o‘tib, Borga Manchester laboratoriyaga yo‘l olish va Ernest Rezerfordga shogird tushishni taklif qilishadi. Bor bu taklifni darhol qabul qiladi va Rezerford laboratoriyasiga yo‘l oladi. Bor
Manchesterda, Rezerford yaqindagina kashf qilgan atom yadrosi va o‘sha paytlarda ilm olamida ommalashib borayotgan kvant tamoyiliga oid xulosalarni inobatga olgan holda,
atom tuzilishi modelini tuzishga kirishdi. Bir muddat o‘tib esa, Nils Bor atom tuzilishi haqidagi barcha ilmiy tushunchalarni tub-tubidan, tag-tomiri bilan o‘zgartirib yuborgan juda muhim fundamental ilmiy ishini e’lon qildi.
Bor shubhasiz o‘ta iste’dodli olim bo‘lgan. Lekin, uni yaxshi bilmaganlar uchun Bor juda sustkash va ezma odamdek ko‘ringan. Sababi, Bor biror fikr aytishdan oldin yaxshilab, nihoyatda puxta o‘ylab olib keyin gapirardi va undan bir jo‘yali gap chiqishini uzoq kutishga to‘g‘ri kelardi. Uning hamkasbi Jeyms Frenk bu haqida shunday xotirlagan edi: «Bor o‘yga tolgan paytlarda uning yuzi umuman harakatsiz qolar, qo‘llari ham jonsizdek shunchaki osilib turardi. U ko‘z oldidan biror narsani ko‘ryaptimi-yo‘qmi, yoki, shunchaki ko‘zi ochiq turibdimi – bilib bo‘lmasdi. Ko‘rganlar uni telba deb o‘ylashlari tabiiy edi. Chunki, unda sog‘ odam qiliqlaridan asar ham qolmasdi. Keyin esa uning ko‘zlarida go‘yo uchqun chaqnab ketardi va u “Men endi
tushundim...” – deb xitob qilardi».
Bor – Shryodinger, Geyzenberg, hamda, de Broyllar bilan bir qatorda, kvant
fizikasining tamal toshini qo‘ydi. Eynshteyndan farqli o‘laroq, ushbu yangi va jozibali ilmiy nazariyadagi qarama-qarshiliklar, hamda atomlar, elektronlar va protonlarning
o‘zini tutishiga oid tushunarsiz hodisalar Borni zarracha ham cho‘chitmagan. Kvant nazariyasi asosida yotuvchi ehtimoliylik tamoyilining o‘ziyoq Eynshteynni bezdirib qo‘ygan edi. U bu borada juda ko‘p mulohaza qilgan va turli konferensiya va uchrashuvlar paytida, Borga kvant nazariyasidagi «nuqson»lar va ziddiyatlar to‘g‘risidagi o‘z fikrlarini bildirib, kvant nazariyasining xato ekanini ko‘rsatib bermoqchi bo‘lgan. Eynshteyn shuningdek Borga qitmir savollar berishni ham xush
ko‘rgan. Bunday holatlarda Bor odatda Eynshteyn aytgan ziddiyatlar haqida biroz o‘yga tolib qolardi. Lekin, keyingi kuni albatta o‘sha ziddiyatning yechimini topib, u haqida Eynshteynga tushuntirish beradigan bir dasta hisob-kitoblar bilan kelardi.Nils Bor uzoq yillar davomida Kopengagendagi nazariy fizika Institutiga rahbarlik
qildi va bir vaqtning o‘zida, kvant nazariyasi ustida izchil mashg‘ul bo‘ldi. U izlanishlar davomida kvant fizikasining bir necha muhim qonuniyatlarini ochib berdi.
Chunonchi, kvant zarralarini kuzatish jarayonining o‘zi kuzatish natijasiga so‘zsiz ta’sir qilishi haqidagi o‘zaro to‘ldirish tamoyilini bayon qilib berdi. 1931-yilda unga Daniya shon-shuhratini olamga taratganligi uchun, Karlsberg saroyiga ko‘chib o‘tishni taklif qilishgan. 1940-yil o‘rtalarida Nils Borga fashistlar Germaniyasining antisemitizm tahdidi xavf sola boshladi. Chunki Borning onasi yahudiy ayol bo‘lgan.Natijada, Bor jonini qutqarish maqsadida avval Angliyaga, so‘ngra AQSHga qochishga majbur bo‘lgan.
49 viewsMo'ydinjon Ro'zaliyev, 10:36
Ochish/sharhlash
2023-02-22 12:56:16
43 viewsMo'ydinjon Ro'zaliyev, 09:56
Ochish/sharhlash
2023-02-22 12:55:38
42 viewsMo'ydinjon Ro'zaliyev, 09:55
Ochish/sharhlash
2023-02-22 12:55:12
42 viewsMo'ydinjon Ro'zaliyev, 09:55
Ochish/sharhlash
2023-02-22 12:55:04
40 viewsMo'ydinjon Ro'zaliyev, 09:55
Ochish/sharhlash
2023-02-22 12:54:52
46 viewsMo'ydinjon Ro'zaliyev, 09:54
Ochish/sharhlash
2023-02-22 12:54:33
48 viewsMo'ydinjon Ro'zaliyev, 09:54
Ochish/sharhlash