Get Mystery Box with random crypto!

#shunchaki Hech qachon hayotingizni boshqalarniki bilan solis | Mumtoza's_blog

#shunchaki

Hech qachon hayotingizni boshqalarniki bilan solishtira ko'rmang. Hatto boshqaning shaxsiy hayotiga ham qiziqmang.

Sababini aytaymi?

Hech kim sizga o'z hayotini muammoli qilib ko'rsatgisi kelmaydi. Hamma ham chiroyli qilib ko'rsatadi uni. Siz o'sha hayotni ko'rib o'ylay boshlaysiz "Nega unda mukammal hayot, qani edi o'rnida bo'lsam". To'xtang!

Siz bilmaysizki Alloh uni qanday dard bilan sinayotganini? Siz Allohdan ham bilguvchiroqmisiz, sizga nima yaxshi ekanligini biladigan? O'zgalar hayotiga qiziqsangiz, o'zingizni hayotingizni ularniki bilib solishtira boshlaysiz....

Shuning uchun o'z hayotingiz bilan band bo'ling.

@Mumtoza_Yusupova