Get Mystery Box with random crypto!

Ulg'ayib anglaganlarim 1. Tushib qolgan kiprigingni sogʻingan | Mumtoza's_blog

Ulg'ayib anglaganlarim

1. Tushib qolgan kiprigingni sogʻingan odamingni eslab puflab yuborsang u odam kelib qolmaydi.

2. Bogʻcha va lagerda abetda majburlab uxlatishlari sen uchun orzuga aylanadi.

3. Oying senga majburlab yedirgan shoʻrvadagi sholgʻom aslida mazali boʻlarkan.

4. Yulduz uchgan payt tilak qilishni foydasi yoʻq, u yulduz aslida milliard yillar ilgari soʻnib boʻlgan, xuddi seni orzularing kabi.

5. Bolaligingda sen uchun dunyodagi eng baquvvat inson boʻlib tuyulgan dadangni, charchadim deganini koʻrarkansan.

6. Oying shapkangni kiyib ket demay qoʻygan boʻlsada oʻzing qidirib topib kiyib ketasan.

7. Butun umr birga bo'lamiz, hamma qiyinchiliklarni birga yengib o'tamiz deb o'ylagan do'sting bilan yilda bir marta ham uchrashmaysan

8. Hammamiz qachonlardir soʻngi bor koʻchaga bolalar bilan oʻynagani chiqqanmiz bu bolaligimiz tugayotgan payt edi. Lekin hech kim oʻsha soʻngi bor oʻynagani chiqqan kunimizni eslay olmaymiz…(yoki siz eslay olasizmi?)

Sizda ham bo’lganmi?

@Mumtoza_Yusupova