Get Mystery Box with random crypto!

Nima o‘rganding? Bu savolga hech bo‘lmaganda, bir marta bo‘l | Mumtoza's_blog

Nima o‘rganding?

Bu savolga hech bo‘lmaganda, bir marta bo‘lsa ham duch kelgan bo‘lsangiz kerak. Biror joyda o‘qiyotgan yoki u yerni endigina bitirgan bo‘lsangiz, aynan shu savol sizga birinchilardan bo‘lib berilishi aniq.

Shaxsan menga, shu savolni beradigan insonlar yoqmaydi. Chunki, bu savolni beradiganlarga, sizning javobingiz umuman qiziq bo‘lmaydi yoki u siz beradigan javobga tushunmaydi(tushunishni xohlamaydi).

Xo‘sh, bu savolga duch kelganda qanday javob berishingiz mumkin?

Shunchaki, indamang. Agarda, u inson sizga rostdan ham qiziqish bilan bu savolni berayotgan bo‘lsa, o‘rganayotgan/o‘rganganlaringiz haqida qisqacha aytib bering.

Bir narsani unutmang. Siz biror bilim yoki kasbni o‘rganar ekansiz, u darxol yuzaga chiqmaydi. Ya’ni, bilim amalda yuzaga chiqishi uchun ma’lum bir vaqt va muddat talab qilinadi. Bu muddat oralig‘ida esa, xatolar evaziga tajriba va amaliyotlarga ega bo’lasiz.

Siz biror-bir joyga bilim olish uchun borar ekansiz, u yerdan “hech nima o‘rgana olmadim” deya olmaysiz(va bunga haqqingiz ham yo‘q). Ishoning, siz “o‘rgana olmadim” degan joyda ham, hech bo‘lmaganda bir harf yoki raqam o‘rgangansiz va o‘sha o‘rganganingiz, bir kun kelib o‘zingiz uchun albatta asqotadi.

Maktab, kollej, institutda o‘qib, hech nima o‘rganmadim” deydiganlarga tegishli ayniqsa.

@Mumtoza_Yusupova