Get Mystery Box with random crypto!

Bir sahroyi ayolning, Oʻgʻilchasi shoʻx ekan. Undan zarar koʻr | MU'MIN FARZANDIM

Bir sahroyi ayolning,
Oʻgʻilchasi shoʻx ekan.
Undan zarar koʻrmagan,
Biron kuni yoʻq ekan.

Qozondagi taomin,
Tepib qochib ketarkan,
Meshidagi suvini,
Sepib qochib ketarkan.

Qargʻar ekan bolasin,
Qilolmasdan epini.
Qirqib qochganida kir
yoyadigan ipini:

“Hoy, ipimni qirqmagin,
Qalbingga ilm toʻlgur.
Hoy, meshimni teshmagin,
Kaʼbaga imom boʻlgur!

Sichqon dumin kesmagin,
Beozor boʻl, toʻgʻri yur.
Gʻarib yoʻlin toʻsmagan,
Kaʼbaga imom boʻlgur”.

Demas ekan: “Juvonmarg”,
“Haromi”, “Maraz”, “Oʻlgur”.
Bitta ekan qargʻshi:
“Kaʼbaga imom boʻlgur!”

Niyat ketdi, vaqt oʻtti,
Misli yel yo shabada.
Shu onaning, shu oʻgʻli,
Imom boʻldi Kaʼbaga.

Ne-ne shohu sultonlar,
Orqasidan turib gʻoz.
Unga iqtido qilib,
Oʻqir edilar namoz.

Duo-la shum boladan,
Chiqdi bir xush nafasli,
Olim, hofizi Qurʼon -
Abdurahmon Sudaysiy.

Nazoratda insonning,
Har soʻz, har bir nafasi.
Ibrat boʻlsin bizga bu,
Allohning moʻjizasi.

Komil inson koʻrdingmi,
Marxabo, bilki ular - 
Ota-ona, elidan,
Duo olgan bolalar.
Marhabo Karimova