Get Mystery Box with random crypto!

Toifa attestatsiyasi uchun 1 oktabrga qadar yuborilgan arizala | MULTILEVEL(CEFR PREPARATION)⬇️

Toifa attestatsiyasi uchun 1 oktabrga qadar yuborilgan arizalar barchasi o'rganib chiqiladi!

Har bir viloyat markazida, ya'ni Ta'lim sifatini nazorat qilish hududiy bo'limlarida murojaatlarni o'rganish va qabul bo'yicha ishchi guruhlar faoliyat olib bormoqda.

NAVBATDAGI MAJBURIY attestasiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar yuborilgan kundan boshlab BIR OYGACHA muddat ichida o'rganib chiqiladi.

NAVBATDAN TASHQARI attestasiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar esa TO'LOV QILINGAN KUNDAN boshlab BIR OYGACHA muddat ichida o'rganib chiqiladi.

Navbatdan tashqari attestasiya uchun to'lov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada ko'rinmaydi va o'rganib chiqilmaydi.

Murojaatning o'rganish natijalari bilan pedagoglar o'zlarining Shaxsiy kabinetlari orqali tanishib chiqishlari mumkin.

@multilevelcefr