Endi diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish mumkin Xaba | MULTILEVEL(CEFR PREPARATION)⬇️
Endi diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish mumkin
Xabaringiz bor, oliy ta’lim tizimi jarayonlari raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoit yaratish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Jumladan, oliy ta’lim muassasasini tugatganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish uchun diplom.edu.uz axborot tizimi ishlab chiqildi.
Tizim quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi;
diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikatsiya tizimi – OneID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi.
Platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi.
🟢Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo'yicha Ko'p darajali( Multi-level) test tizimiga tayyorlov rasmiy sahifasi . 🔴Imtihonga tayyorlanish uchun @Muhammadali_Jurayev ga murojaat qiling...