Get Mystery Box with random crypto!

Diqqat, Telegramda virus tarqaldi! Iloji bo’lsa, bu xabarni k | IELTS & MULTILEVEL

Diqqat, Telegramda virus tarqaldi!

Iloji bo’lsa, bu xabarni ko’pchilikka yetkazing.

Telegramda shu kunlarda yangicha firibgarlik xabarlari tarqaldi. Sxema juda oddiy:

Sizga biror tanishingizdan qisqa xabar keladi. Mazmuni turlicha, masalan:

So’rovnomada qatnashayotgandim, sizning yordamingiz kerak;

Mahalladan pul beryapti ekan, o’zim oldim;

Men falon raqamdaman, menga ovoz bering va h.k.


Siz bunga ishonib, xabar tagidagi tugmani bosasiz. Ovoz berishingiz uchun profilga kirishingizni so’raydi. Raqamingizni yozasiz, keyin kelgan SMS-kodni ham kiritasiz. Shu bilan tamom! Telegram profilingizga begonalar buzib kiradi. Va maxsus botlar hamma do’stlaringizga sizning nomingizdan xabar yuboradi. Sizni bundan xabaringiz ham bo’lmaydi.

Tekin pul olaman degan xomxayol ortidan plastik karta raqamingizni kiritsangiz, unda hamma pullaringizni yechib olishadi.

Qayta va yana qayta ta’kidlaymiz:

duch kelgan xabarga ishonavermang, shubhali linklarni ochib ko’rmang, tekin pul desa yugurib ketavermang, telefon raqamingizni har qayoqda yozib qoldirmang, SMS-kodni hammaga aytavermang yoki shubhali joylarga kiritmang, o’zingizni ehtiyot qilishga o’rganing, sodda bo’lmang.


@multilevel_boost