Get Mystery Box with random crypto!

#ibratli Biri ikki boʻlmagan ... Qadimda ikki aka-uka boʻlg | Dengiz koʻzli qiz

#ibratli

Biri ikki boʻlmagan ...

Qadimda ikki aka-uka boʻlgan ekan. Ikkalasi harchand uringani bilan ishi yurishmas, omadi chopmas ekan. Kunlardan birida aka-ukalar donishmand huzuriga borib, maslahat soʻrabdi:
- Shuncha harakat qilsak ham birimiz ikki boʻlmaydi. Nima qilaylik?
Donishmand aytibdi:
- Ikkovlaring inoqmisan? Faqat toʻgʻrisini gapir!
Aka-ukalar noahil ekanini tan olibdi.
- Ey, nodon! - debdi donishmand. - Ikkisi bir boʻlmaganning qandoq qilib biri ikki boʻlsin?

mulohaza_iqtiboslar