Get Mystery Box with random crypto!

#mutolaa Hikoya qilinishicha, bir odam Imom Shaʼbiydan: “Ibli | Mujdalar | 🌙

#mutolaa

Hikoya qilinishicha, bir odam Imom Shaʼbiydan: “Iblisning xotini bormi?” deb so‘rabdi. Imom savol beruvchiga: “Men ularning to‘yida bo‘lmaganman”, deb javob beribdi.

Haligi kishi qaytib ketgandan keyin imom Iblisning xotini bor yoki yo‘qligi haqida o‘ylanib qolibdi. U zot Qurʼonni avvalidan boshlab tadabbur bilan tilovat qila boshlagach, Kahf surasining 50-oyatida buning javobiga duch kelibdi.
__________________________________

Darhaqiqat, oyatda: "Endi sizlar Meni qo‘yib uni va uning zurriyotlarini do‘st qilib olasizlarmi?!" deyilgan.

@mujdalar – xolislar uchun