Get Mystery Box with random crypto!

Eronning so‘nggi shohi Muhammad Rizo Pahlaviyning o‘g‘li, mona | Muizza News

Eronning so‘nggi shohi Muhammad Rizo Pahlaviyning o‘g‘li, monarxiya davridagi valiahd shaxzoda Rizo Pahlaviy Isroilga borib, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu va boshqa rasmiylar bilan uchrashdi. Bu haqda “Aljazeera” xabar berdi.

Rizo Pahlaviy Eronning hozirgi teokratik tuzumiga olib kelgan 1979 yilgi islom inqilobidan sal oldin mamlakatni tark etgan. U Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashagan va o‘nlab yillar davomida o‘zini Eron respublikasiga qarshi asosiy shaxs sifatida ko‘rsatishga harakat qilgan.

Hozirda 62 yoshni qarshilagan Pahlaviy Isroilga safari davomida mamlakat Razvedka vaziri Gila Gamliel, Bosh vazir Netanyaxu va Prezident Isxak Gersog bilan uchrashgan. O‘zini dunyoviy, demokratik Eron tarafdori deb atagan Pahlaviy Isroilga safaridan maqsad porloq kelajak qurish ekani, shuningdek, Isroil xalqiga Erondagi hukumat Eron xalqining vakili emasligini bildirishni xohlashini aytgan.

Islomiy yangiliklar — @Muizzanews