Get Mystery Box with random crypto!

''El-yurt umidi'' jamg'armasi tomonidan stipendiya g'oliblarin | Mirzo Ulug'bek maktabi

''El-yurt umidi'' jamg'armasi tomonidan stipendiya g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi ikki nafar bitiruvchisi Gulbahor Nortojiyeva hamda Erkinjon Umarovlarga jamg'arma tomonidan sertifikatlar topshirildi. Sertifikat egalari chet elda bakalavriat ta'lim bosqichida tahsil olish uchun jamg'arma tomonidan xarajatlar qoplab beriladi.

Eslatib o'tamiz, Gulbahor Nortojiyeva Amerikaning ''George Mason'' universitetida, Erkinjon Umarov esa Amerikaning ''University of Pittsburgh'' universitetida o'qishni davom ettirishlari uchun jamg'arma tomonidan stipendiya ajratildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook