Get Mystery Box with random crypto!

#Ibrat Sizga 'Paygʻambar Ibrohim a.s. va qaldirgʻoch' hikoyas | 🌹Muhojir Ruh🥀

#Ibrat

Sizga "Paygʻambar Ibrohim a.s. va qaldirgʻoch" hikoyasini eslatmoqchiman.

Alloh ibrohim alayhissalomni butparastlar qavmiga paygʻambar qilgach tinmay daʼvat qildilar, otalari ham bunga dohil koʻpchilik Ibrohim a.s.ga qarshi chiqdi, daʼvatini toʻxtatmasligini anglagan zolim podshoh Ibrohim a.s. uchun dunyodagi eng katta gulhanni tayyorlab unda yoqmoqchi boʻldi, olov yona boshlagan payt qaldirgʻoch ogʻzida bir tomchi suv olib kelib gulhan ustiga tashlaydi, uni koʻrganlar istehzo bilan "bir tomchi suv bilan bir shahar kabi ulkan gulhanni soʻndirmoqchimisan" deya kuladi, shunda qaldirgʻoch: " Balki ogʻzimdagi bir tomchi suv bu gulhanni oʻchirolmas, ammo, men bu qilgan ishim bilan qaysi safda ekanimni izhor qilyabman" degan ekan.

Bugungi aksar musulmonlarning holi Ibrohim a.s.ning holidan qolishmayabdi, qancha muslim qardoshlarimiz zulm ostida, qanchalari esa razil kimsalrning fitnasiga ishonib, isyon qilish, oʻz qardoshiga qarshi qurol koʻtarish bilan ovvora.

Endi sizga savol: Qilayotgan amalingizga qarab baho bering. Sizni safingiz qaysi tarafda? Haq tarafdamisiz, yoki haq tarafdaman deb adashganlar safida? Mazlumlar tarafidamisiz, yoki zolimlar tarafida?.

Hulosa oʻzingizdan.

Alloh barchamizni isloh qilsin.

( Aytgancha, Zolim podshoh Ibrohim a.s.ni manjoloqi bilan olovga otadi, lekin U olov oʻrtasiga borib tushay deganida kattaligi bir shahar misoli boʻlgan gulhanzor gulzorga aylanadi.

Ha, bizning Robbimiz shunday, Oʻzi imtihon qilib, oʻsha imtihonda yana Oʻzi yordam beradigan Zotdir, yetarki biz iymonimizni mustahkam qilaylik.)

Janob Muhojir

@Zakkiru || Eslatmalar kanali.