Get Mystery Box with random crypto!

O’rganishimiz kerak bo’lgan judaham ko’p bo’lgan stillar bor. | Muhammad's zone

O’rganishimiz kerak bo’lgan judaham ko’p bo’lgan stillar bor.

Biz o’zbeklarni bir ajoyib odatimiz bor. Kim kartoshka sotsa, bizham albatta kartoshka sotishimiz kerak bo’lib qoladi, vaholanki bu yerda boshqa sabzavotlar qolib ketadi.

Aslida sabzavotlar haqida gapirmoqchi emasman. Mijozlarni “кругозор” ini oshirishimiz kerakligi haqida gapirmoqchiman. Bizda ko’p mijozlar manipulationni ideal dizayn turi deb bilishadi va menimcha shuning uchunham ular shu dizayn turini ko’p buyurtma berishadi. Yoki ular hali boshqa uslubdagi dizayn turlarini ko’rishmaganligi sababli ular shunday deb o’ylashadi. Bu gapim bilan digital artistlarni yomonlamoqchi emasman. Shunchaki hamma manipulationga qiziqsa, sizham shu turdagi dizaynga qiziqishingiz shart degan qoida yo’qligi haqida eslatma berib ketmoqchiman. Dizayn biz o’ylaganimizdan ancha kattaroq soha.

Yoki yana bir misol: Freepik yoki Envatodan 3D obyekt olib turib, textni yozib qo’yishni - bu minimalizm deydigan dizaynerlar chiqib olgan. Aslida minimalizm ularni hayolidagi “minimalizmdan” 180 gradus ajralib turadi.

Aytmoqchimanki nafaqat mijozlarimizni, balki o’zimizni dizayn tomonlama saviyamizni o’stirishimiz kerak. O’rganaman desangiz bir-biridan qiziq bo’lgan stillar bor: Shveytsarskiy stil, Neo-Geo, Cyber Punk va hokazo…

Kuzating, o’rganing va dunyoni go’zalroq bo’lishiga hissa qo’shing)

Oxirgi gap lekin ortiqcha bo’ldi xD

@muhammadyusufsarts