Get Mystery Box with random crypto!

#Zikr TAHLIL,  TASBEH,  TAKBIR,  TAHMID  va  ISTIG'FOR aytish | MUHAMMAD S.A.V. UMMATLARI🕋

#Zikr

TAHLIL,  TASBEH,  TAKBIR,  TAHMID  va  ISTIG'FOR aytishning  fazilati.

Tahlil - bu  “La ilaha illalloh”  kalimasini aytish, ya'ni, “Allohdan o'zga iloh yo'q”  deyish.

Tasbeh - bu “Subhanalloh” kalimasini aytish, ya'ni, “Alloh har qanday aybu-nuqsondan pokdir” deyish.

Takbir - bu “Allohu akbar” kalimasini aytish, ya'ni, “Alloh buyukdir” deyish.

Tahmid - bu  “Alhamdulillah” kalimasini aytish, ya'ni, “Allohga hamdu sanolar bo'lsin” deyish.

Istig'for - bu  “Astag'firulloh” kalimasini aytish, ya'ni, “Alloh mening gunohlarimni mag'firat etsin (kechirsin)” deyish demakdir.