Get Mystery Box with random crypto!

Biz Amerika iqtisodiyoti darajasiga qachon yetamiz? Solishti | Muhammadshoh | Blog √

Biz Amerika iqtisodiyoti darajasiga qachon yetamiz?

Solishtirish uchun AQSHning YaIM - 20 trillion, O'zbekistonniki - 60 milliard dollar (ya'ni, bizning iqtisodiyot AQSHnikidan 333 marotaba kichikroq degani). Shunda, kishi boshiga YaIM AQSHda 63 ming, O'zbekistonda 1.6 ming dollarga teng bo'ladi (ya'ni, AQSHliklar bizdan ko'ra 40 marotaba yaxshiroq sharoitda yashaydi degani, qo'polroq qilib aytganda).

AQSHning hozirgi darjasiga yetishimizga necha yil kerak:

- O'rtacha tarixiy o'sish bilan - 77 yil (2100 yillarda)

Eslatma: O'zbekistonda o'rtacha hayot uzunligi 71 yil

- Xitoyning 1978–2012 yillardagi mo'jizaviy o'sish darajasi bilan - 26 yil

77 yilda AQSH ham qarab turmaydi-ku, axir, deyishingiz mumkin.

Xo'sh, unda AQSHga yetib olishimiz uchun qancha vaqt kerak:

- O'rtacha tarixiy o'sish bilan - 448 yil (2480 yillarda)

Savol: Bir davlatchilikning "o'rtacha umri" necha yil?!

- Xitoyning 1978–2012 yillardagi mo'jizaviy o'sish darajasi bilan - 37 yil

Demak, biz ham, agar mo'jiza yuz bersa AQSH darajasiga 26 yilda yeta olar ekanmiz-da?

Tavsiya: Mo'jiza sodir bo'lmaydi - Li Myon Bak (Asaxiy)

Lekin: Mo'jizalarga ishongisi keladi odamni (o'qing)

Yo'q, javob unchalik ham oson emas. (Kelajak haqidagi savolning javobi hech qachon oson bo'lmagan.) Chunki, bu hisob-kitoblar bashorat qilish emas, balki, shunchaki tahmin qilish, xolos. Asl vaziyat (har doimdigidek) yana-da ko'proq vaqt talab qilishi aniq.

@arzon_biznes