Get Mystery Box with random crypto!

Mantiq qochib ketgan va meni qiynaydigan g'aroyib nuqtalar | Muhammadqodiriy

Mantiq qochib ketgan va meni qiynaydigan g'aroyib nuqtalar

Munosabatlarda (sevgi yoki do'stlik) bir inson ikkinchisiga yonidaligiga sabab qilib uning puli ekanligini aytsa, bu soxta munosabat bo'ladi.

Ammo, yonida ekanligiga sabab u bilan birga o'zini yaxshi his qilishi yoki u bilan birga bo'lsa o'zini baxtli his qilishini, sherigining kuchli, go'zal, aqlli ekani xullas sevgi alomatlari sezilib turgan biror gaplarni aytsa bu haqiqiy munosabat bo'lib tuyuladi.

Lekin nega pul bilan bo'lsa - soxta, boshqa omillar bilan bo'lsa - haqiqiy? Axir pul ham boshqalari ham ehtiyojku. Bir inson ikkinchisi oldida baribir qaysidir ehtiyoji uchun borku? Sexrli biror gap-so'z yo'q?

Pul tufayli munosabat qurgan odam, boshqa pulli insonga ham mehr qo'yishi mumkin, xuddi shuningdek yonida o'zini baxtli his qilgan va u bilan vaqt o'tkazishini istagan inson oradan muddat o'tib boshqasi bilan ham xuddi shunday bo'lishi mumkinku?

Bularda nega mantiq yo'q, aslida haqiqiy va soxtaga ajratishga nima sabab bo'lgan? Va aslida yonida puli uchun ekanligini aytgan odam haqiqiy rostgo'y bo'lmaydimi?

Barcha odamlar qachon romantikadan to'xtab, biror kimdan chin sevgi yoki do'stlik kutish xato ekanligini anglashadi

Muhammadoqodiriy