Get Mystery Box with random crypto!

Ba’zan bu kulguli Kreativ va tanqidiy fikrlaydigan avlodni t | Muhammadqodiriy

Ba’zan bu kulguli

Kreativ va tanqidiy fikrlaydigan avlodni tarbiyalash kerak - deb bong urayotgan taʼlim rahbariga qarab, haqiqatni tik aytsang, seni yomon koʻrib, bosim oʻtkaza boshlaydi.

Hali ham tanish-bilishchilikka asoslanib munosabat oʻrnatamiz, hali ham doʻstlarimiz va qarindosh, qadrdonlarimizga “yon bosamiz”.“ Tanimaganni siylamas” degan maqollarimiz amalda hali ham.

Hammani tarbiyalamoqchi boʻlamiz, oʻzimiz huddi farishtadek oʻzimizcha axloq kodeksi yaratamiz. “It hurar karvon o’tar”. Shu yerda ham hamma o’zini karvon deb o’ylaydi…

Bizdan pul soʻralgan reklamalarga uchamiz, ularning qopqondagi pishlogʻini yegimiz keladi.

Oʻz kamchiliklarimiz ustida ishlash oʻrniga, boshqalarni analiz qilish bilan bandmiz. Kundalik oʻzaro suhbatlar mavzusi shu...

Boʻldi, boshqa sanamayman. Bugunga yetadi. Hissiyotga berilib yozilgan

Muhammadoqodiriy