Get Mystery Box with random crypto!

'Defolt tizimi'ni qanday yoqish mumkin? Bilganimizdek Defolt | Muhammadqodiriy

"Defolt tizimi"ni qanday yoqish mumkin?

Bilganimizdek Defolt tizimimizni ishga tushirish uchun maqsadlarimizni muhtojlikka aylantirishimiz kerak. Buni 5 ta bosqichda amalga oshiramiz.

1. Maqsadlarni yozish

Biror oq list olamizda 1 yillik Smart texnikasi yordamida yozib chiqamiz rejalarimizni yozib chiqamiz. Bu 10 tagacha bo'lishi mumkin. So'ng shuni ichida eng asosiysini ya'ni bizni hayotimizga ko'proq o'zgartirish kiritadiganini tanlab olamiz. Balki IELTS 8 olish bo'lishi mumkin.

2. Izlanish

Bu bosqichda 1 oy davomida maqsadga erishish uchun nimalar qilish kerak degan savolga javoblar topamiz. O'qimiz, izlaymiz, internetdan ma'lumot qidiramiz. Har kuni muntazam ravishda iloji bo'lsa bir vaqtda 1 soat shu haqida izlanishga ketishi kerak. O'z-o'zidan har olgan ma'lumotlaringizni tahlil qilib o'ylay boshlaysiz. Doimo o'zingiz bilan bloknot olib yurish tavsiya etiladi, to'satdan kelgan bizga qimmat baho ideyalar kelishni boshlaydi.

3. Intellektual ma'lumotlarni yuklash

Menimcha eng qiyin bosqich. 2- bosqichni yakunlaganimizdan keyin, bizga tinch xona, ichim uchun ichimlik, vatman qog'oz va har xil rangli ruchkalar kerak bo'ladi. Katta vatman qog'ozga o'rtasida maqsadimizni yozamizda pomador usulida 25 minut timerga qo'yib shu to'plagan ma'lumotlarni yozishni boshlaymiz. 5-minut dam olish va 25-minut yozishni boshlaymiz.

Miya buning uchun katta energiya sarflaydi. Menga rostdan kerak shekilli deb defolt yona boshlaydi. Shu zaylda 3 soat davom etilishi kerak, ya'ni 6 ta pomadora. Ha, bu rostan qiyin.

4. Muhtojlikka aylantirish

Dastlabki 3 ta bosqichni yaxshi bajargan bo'lsangiz sizda defolt deyarli yondi. Siz hayotingizda doimgidek yashayverasiz va bu bosqichda o'zimiz bilan albatta bloknot olib yuramiz hamda, kunduzi kelgan har qanday g'oyani ongli ravishda tanlamasdan yozib olamiz. Kechga borib o'sha vaqtda kelgan ideyalarni vatmanga ko'chiramiz. Bu bosqich 2 hafta davom etadi.

5. Hayotda sinash

Oxirgi bosqich - vatmanga yozganlarni hayotda sinab ko'rishni boshlaymiz. Avvalgi bosqichlarni sifatli bajargan bo'lsangiz sizda qo'rquv va ikkilanish bo'lmaydi. Shunchaki bajarishni boshlaysiz.

Bu nima ekan deb o'ylanmasdan bugundan shunchaki bajarishni boshlang.

Bu bo'yicha savollar bo'lsa commentga yozing

Muhammadqodiriy