Get Mystery Box with random crypto!

Nafsni xastaliklardan poklash. Nafs va qalb xastaliklari ikki | Muhammad Odil Hamid | Rasmiy kanali

Nafsni xastaliklardan poklash.

Nafs va qalb xastaliklari ikki turga taqsimlanadi.

Birinchisi — qalb maqomotlariga zid bo‘lgan kufr, shirk, nifoq, riyo va bid’at kabi xastaliklar.

Ikkinchisi - Allohning go‘zal ismlari ila xulqlanishga va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashishga zid bo‘lgan, noo‘rin g‘azabga o‘xshash xastaliklar.

Musulmon inson mazkur ikki turdagi xastaliklardan ehtiyot bo‘lmog‘i lozim. Shuning uchun ulamolarimiz bu xastaliklarni bilish va ulardan qutulish uchun harakat qilish har bir musulmonga farzi ayn ekanini ta’kidlaganlar.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Mukammal saodat yo‘li" kitobidan

@muhammadodiluzofficial