Get Mystery Box with random crypto!

Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oxirgi so‘z | Muhammad Odil Hamid | Rasmiy kanali

Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oxirgi so‘zlari
Ey odamlar, men bilan va’dalashilgan joy bu dunyo emas, men bilan va’dalashilgan joy havzi kavsardir. Allohga qasam, men u yerni mana shu turgan joyimdan ko‘ryapman.
Ey odamlar, «Men sizlarning kambag‘al bo‘lib qolishingizdan qo‘rqmayman, lekin sizlardan avvalgi ummatga o‘xshab dunyo kelib, ular o‘sha dunyo uchun kimo‘zarga musobaqalashib, ularni bu narsa halokatga eltgani kabi, sizlarning ham ular kabi dunyoga mag‘rur bo‘lib qolishingizdan qo‘rqaman».
Ey odamlar, namoz, namoz va yana namoz. Allohga qasam va yana qasam namoz...
Ey odamlar, ayollar haqida Allohdan qo‘rqinglar, Ayollar haqida Allohdan qo‘rqinglar! Ayollarga yaxshilik qilishingizni vasiyat qilaman.
Ey odamlar, bandaga dunyo bilan Alloh huzuridagi narsani ixtiyori berildi. Banda Alloh huzurini tanladi. (Bu bilan o‘zlarini nazarda tutganlar). Alloh sizlarga boshpana bersin, muhofaza qilsin, nusrat ato qilsin, sobitqadam qilsin, Alloh o‘zi qo‘llasin!
Ey odamlar! To qiyomatga qadar menga ergashgan ummatlarimga mening nomimdan salom yo‘llanglar!

Postni yaqinlaringizga ham jo'nating!

Telegram Instagram YouTube Facebook