Get Mystery Box with random crypto!

OLTIN O‘GIT Ibroxim ibn Adham o‘ziga nasihat qilishini so‘rag | Muhammad Odil Hamid | Rasmiy kanali

OLTIN O‘GIT

Ibroxim ibn Adham o‘ziga nasihat qilishini so‘ragan bir kishiga quyidagi maslahatlarni berdi: Shu oltita o‘gitga doim amal qilsang, hech zarar ko‘rmaysan va saodatga erishasan:

1. Gunoh qilish istagi uyg‘onganida Alloh taoloning rizqini yema.

2. Gunoh qilmoqchi bo‘lganingda U Zotning mulkidan chiq.

3. Gunoh qilayotganingda shunday bir yer topginki, Robbim seni ko‘rmasin.

4. O‘lim farishtasi kelganida unga: "Tavba qilib olishim uchun menga muhlat ber" - degin.

5. Qabrda so‘roq qilgani farishta kelganida ularni o‘zingdan uzoqlashtir.

6. Qiyomatda: "Gunohkorni do‘zaxga tashlang" - degan farmon kelganida, qo‘lingdan kelsa, sen borma.

"Gʻam-qayg‘usiz yashay desangiz" kitobidan.

Alloh roziligi uchun tarqating avvalo amal bilan!

Postni yaqinlaringizga ham jo'nating!

Telegram Instagram YouTube Facebook