Get Mystery Box with random crypto!

NIKOHI VAQTINCHALIK HAROM QILINGAN AYOLLAR Bu holda er kishi | Muhammad Odil Hamid | Rasmiy kanali

NIKOHI VAQTINCHALIK HAROM QILINGAN AYOLLAR

Bu holda er kishi uchun ba’zi bir ayolga uylanish biror sababga kO‘ra vaqtinchalik harom bo‘ladi. Agar o‘sha sabab yo‘q bo‘lsa, u ayolga uylanish mumkin. Nikohi vaqtinchalik harom bo‘lgan ayollar quyidagilar:

1. O‘zi uch taloq qilgan ayol.

Er kishi o‘z ayolini bir taloq yoki ikki taloq qilsa, qaytadan yarashishi mumkin. Ammo uch taloq qilgandan keyin o‘sha er uchun u ayol vaqtinchalik haromga aylanadi. Qur’oni Karimning hukmiga binoan, u ayol boshqa erga tegib, bu eri bilan tabiiy holatda o‘lim yoki taloq tufayli ajrashgandan keyingina birinchi erga nikohi halol bo‘ladi. Buning uchun, albatta, u ayol ikkinchi er bilan er-xotin bo‘lib yashashi shart. Ikkinchi er jinsiy aloqaga qodir emas kishi bo‘lsa, ayol qaytadan birinchi erga halol bo‘lmaydi. Nikoh to‘g‘ri nikoh bo‘lishi ham shart qilingan.

2. Eri bor ayol.

Eri bor ayol ham, modomiki eri bilan nikoh aloqasi bor ekan, boshqa erkak uchun nikohi harom bo‘ladi. Alloh taolo erlik ayollarga uylanish mumkin emasligini Qur’oni Karimda bayon qilgan.
Ba’zi qavmlarda esa bir ayolning bir necha erkak bilan rasman nikohlangani haqida ham tarixiy ma’lumotlar bor.
Islom ana shu bema’ni odatni, sog‘lom inson tabiati ko‘tara olmaydigan bunday xunuk holatlarni muolaja qilib, bir ayol faqat bir erkak bilan nikohda bo‘lishini joriy qildi. Binobarin, eri bor ayolga nikoh ma’nosida, hatto, ko‘z tikish ham joiz emas. U birovning haqqi hisoblanadi. Bu ish birovning haqqiga nisbatan tajovuzdir.

Shu ma’noda ba’zi toifalarning, xususan, bugungi taraqqiyotning cho‘qqisiga chiqqan, ammo Islomdan bexabar jamiyatlarning hayotiga nazar tashlasak, yuqoridagi oyat karima bekorga nozil bo‘lmaganini tushunib yetmaiz. «Inson huquqlari» shiori ostida turli adabiyotlarda, maza-matrasiz teleseriallarda targ‘ib qilinayotgan «erkin muhabbat» g‘oyasi, birovning jufti haloliga shahvat, hirs bilan yoki o‘zlarining ta’biri bilan aytganda, «muhabbat» bilan qarashlar, do‘stining xotiniga sevgi izhor qilishlar Islom hukmlariga ko‘ra mutlaqo joiz emas. Agar ushbu hukm bo‘lmasa, oilalarning tinchi qolmaydi, nasablar aralashib ketadi.

3. Idda o‘tirgan ayol.

Eridan taloq yoki vafot tufayli ajrashib, idda o‘tirgan ayolga uylanish ham harom. Sovchi qo‘yish bobida unday ayolga hatto sovchi qo‘yish ham harom ekanini aytganmiz. Bu holda avvalgi erning hurmatidan o‘tirilayotgan idda chiqquncha kutib turish kerak bo‘ladi.

Idda o‘tirgan ayolga uylanuvchi odam, avvalo, o‘sha hurmatni oyoqosti qilgan bo‘ladi. Qolaversa, bu paytda ayol avvalgi eridan homila bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlash uchun ham idda o‘tirgan bo‘ladi. Binobarin, iddadagi ayolga uylangan odam naslu nasabning buzilishiga ham sababchi bo‘lishi mumkin.

4. Samoviy dinga e’tiqod qilmaydigan ayol.

Bu hukm musulmon kishi uchun muslima, masihiya va yahudiya ayoldan boshqa ayolga uylanib bo‘lmasligini bildiradi. «Samoviy din» deganda Islom, masihiy va yahudiy dinlari tushuniladi. Bulardan boshqa har qanday dinga e’tiqod qiluvchi yoki umuman, dinsiz, e’tiqodsiz xotinga uylanish musulmon kishiga joiz emas.

Shuningdek, Islomdan yuz o‘girgan, murtad ayolga ham uylanib bo‘lmaydi.
Alloh taolo «Niso» surasida marhamat qiladi:

«Qo‘llaringiz mulk qilib olganlardan boshqa erli ayollar ham (harom qilindi)» (24-oyat).

Johiliyat davri arablarida bir ayolning bir necha erkak bilan jinsiy yaqinlikda bo‘lishi, ya’ni fohishabozlik oddiy bir hol edi.
Ba’zi qavmlarda esa bir ayolning bir necha erkak bilan rasman nikohlangani haqida ham tarixiy ma’lumotlar bor.
Islom ana shu bema’ni odatni, sog‘lom inson tabiati ko‘tara olmaydigan bunday xunuk holatlarni muolaja qilib, bir ayol faqat bir erkak bilan nikohda bo‘lishini joriy qildi. Binobarin, eri bor ayolga nikoh ma’nosida, hatto, ko‘z tikish ham joiz emas. U birovning haqqi hisoblanadi. Bu ish birovning haqqiga nisbatan tajovuzdir.

"Baxtiyor oila" kitobidan


Postni yaqinlaringizga ham jo'nating!

Telegram Instagram YouTube Facebook