Get Mystery Box with random crypto!

Onam. Butun umr qo’rqib yashayman. Qamalib qolishdan, to’shak | Muhammad Odil Hamid | Rasmiy kanali

Onam.

Butun umr qo’rqib yashayman. Qamalib qolishdan, to’shakka mixlanib qolishdan. Dars berolmay yohud ma’ruza qilolmay qolishdan. Onam men bilan faxrlana olmay qolishidan. Yuzini yerga qaratishdan… Butun umr qo’rqib yashab kelmoqdaman.

Har so’zimni yozar ekanman, so’zlar ekanman, kim bilandir uchrashar yohud suhbatlashar ekanman qo’rqib yashayman. Boshimga bir musibat kelishidan ziyoda onam ko’z yoshidan qo’rqib yashayman.

Sakkiz yil hech bir ayib bo’lmasa ham, xato yohud jinoyatim bo’lmasa ham, jinoyatda shublanishim bo’lmasa ham kelmadi. Kelishni istamadim. Onam ko’zi yoshlanmasin deb.

Onamni o’rniga shu onani qo’yib ko’rdim… Yuragimda bir og’riq paydo bo’ldi… Ozod bo’lmaguncha o’tib ketmaydigan og’riq.

Kim qandoq yordam bera olsa bersin, shu yigitning onasini sevintirsin, ko’zidagi yoshni tindirsin.

Alloh taolo onalarimizning ko’zlaridan faqat sevinch yoshlarini chiqarsin.
Omin.

@muhammadodiluzofficial